• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mingbuloqda ishlatilgan tanklar, Toshkent tramvayida bomba olib yurganga 20 so‘m jarima, “Yerda jannat barpo etgan zot”ning yubileyi. O‘zbek matbuoti 17-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” nomli yangi rukn orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 17-aprel, yakshanba

    “O‘zbekiston bo‘yicha yer haydashda hanuz burilish yo‘q, — deb boshlanadi ‘Qizil O‘zbekiston’ning yakshanba sonidagi ‘Haydashda sur’at, sur’at kerak’ sarlavhali xabar. — Dala ishlarining ketishi haqida rayonlardan olingan ma’lumotlar juda oladir. Hali birinchi va 5-apreldan keyin ma’lumot bermagan rayonlar ko‘p. Havolarning juda yaxshi bo‘lishiga qaramasdan, ekish ishlari ham sekin ketayotir. Faqat Andijon va Koson rayonlaridagina shartlangan maydonning yarmidan ortig‘i ekildi. Butun traktor va ot-ulovlarni ishga solish, kolxoz brigadalarining chinakam to‘g‘ri tashkil qilish va yakka xo‘jaliklarga yaxshi ahamiyat berish bilan haydash va ekish sur’atini shunday oshirish kerakki, natijada 5-maydan qoldirmay paxta ekilib bo‘lsin”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Oshxona — korxonaning muhim sexi” nomli materialda ta’kidlanishicha, Toshkentning Lenin rayonidagi “Qizil Tong” fabrikasi ishchilari oshxonasida har kuni ikki mahal ovqat hozirlanib turadir, ammo “ovqat sifatlariga kelganimizda, ishchilarning talabiga javob bera olmaydi. Oshxonada ishchilar ta’minotiga xiyonat bor. Ishchilar tomonidan brigada tuzilib tekshirilganda, oshxonada ishchilar uchun 200 gramm berila turgan non o‘rniga 100 grammdan berilgani sezildi. Xiyonatchilar ishdan bo‘shatilib, sudga berildi”. Qo‘shimcha qilinishicha, shaharning Stalin rayonida fabrika maktabi bor, unda 300 nafar xotin-qiz ishlaydi. “Bu xotin-qizlar uchun oshxona ochib berilmagan. Hatto bufet ham yo‘q… Fabzavuch xotin-qizlari uchun tezdan oshxona ochib berish kerak”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 17-aprel sonidan lavha

    Xalqaro maydonda Yaponiyaning Xitoyga bosqini va qurolsizlanish konferensiyasi hamon asosiy mavzulardan. “Qizil O‘zbekiston” Londonning “Morning Post” gazetasiga tayanib yozishicha, “Manchjuriyaning butun ma’muriy apparati yaponlar qo‘lida. Xitoylar yapon hukmdorlariga xizmatni davom qildiradilarmi yoki qo‘zg‘olon ko‘tarilajakmi, buni kelajak ko‘rsatadi. Chunki Xitoy xalqi o‘z mamlakatining yaponlar tomonidan bosib olinishiga juda achchiqlangandir”. Xitoyliklar qanchalik achchiqlanmasin, xabarlarga ko‘ra, Yaponiya Xitoydagi qo‘shinlari sonini ko‘paytirish harakatida — “Simbun Rengo” gazetasiga tayangan holda yozilishicha, “Simonosekidan ikki urush kemasida Manchjuriyaga 10-diviziyaning qismlari hamda yaqin kunlarda 8-diviziyaning qismlari yuborildi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 17-aprel sonidan lavha

    60 yil avval. 17-aprel, seshanba

    “Ulug‘ ayyom — mehnatkashlarning xalqaro birdamlik kuni, barcha mamlakatlar ishchilarining birlik va qardoshlik kuni — 1-May yaqinlashmoqda”, deb boshlanadi “Qizil O‘zbekiston”ning seshanba soni bosh maqolasi. Unda ta’kidlanishicha, “revolyutsiyagacha chor Rossiyasining qoloq chekka o‘lkasi bo‘lgan O‘zbekiston endilikda Ittifoqimizning eng ilg‘or, gullab-yashnayotgan respublikalaridan biriga aylandi. O‘zbekistonda sanoatning deyarli barcha tarmoqlari rivoj topdi, zavod va fabrikalarimizda yil sayin ko‘plab mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Qishloq xo‘jaligimizda evolyutsion o‘zgarish yasaldi... Shuning uchun ham respublikamiz mehnatkashlari ulug‘ ayyom arafasida partiya va hukumatimizga chin qalbdan rahmat aytmoqdalar va minnatdorchilik bildirmoqdalar”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 17-aprel sonidan lavha

    Bundan boshqa bayramlar ham bor — Moskvada kecha, 16-aprel kuni Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Soyuzi (VLKSM, Komsomol)ning XIV syezdi ochilgan. “Qizil O‘zbekiston”ning ikki sahifasi (gazeta o‘zi to‘rt sahifalik) tashkilot raisi Sergey Pavlovning nutqiga ajratilgan. Bunday nutqlarda hech kim xafa qilinmaydi, maqtovlar hammaga yetadi. Jumladan, O‘zbekistonga ham: “O‘zbekiston komsomoli katta maydonlarda chigitni kvadrat-uyalab ekish va paxtani mashinada terish tashabbuskori bo‘ldi. Respublikada komsomol-yoshlarning kompleks mexanizatsiya brigadalari soni to‘rt barobar ko‘paydi... Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston komsomoli O‘zbekiston komsomollarining tajribalarini amalda keng yoyishlari kerak”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 17-aprel sonidan lavha

    Gazetaning bu sonida SSSR sanoatining 1962-yil birinchi choragida davlat planini bajarish yakunlari e’lon qilingan. “Sanoat ishlab chiqarishi hajmi o‘tgan yilning birinchi kvartalidagiga nisbatan 9 protsentdan ziyod o‘sdi”, — deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, Kaliningrad, Arxangelsk, Vologda, Stavropol viloyatlaridan boshqa barcha hududlar, jumladan, O‘zbekiston ham yalpi mahsulot ishlab chiqarish planini to‘la bajargan. SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Markaziy statistika boshqarmasi axborotiga ko‘ra, 1962-yil yanvar—mart oylarida SSSRda, jumladan, 143,6 ming dona avtomobil (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizga ko‘p), 361 ta teplovoz (+2 foiz), 147 ta elektrovoz (+22 foiz), 521 ming dona televizor (+13 foiz), 196 ming dona xolodilnik (+23 foiz), 401 ming dona kir yuvish mashinasi (+43 foiz) ishlab chiqarilgan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 17-aprel sonidan lavha

    30 yil avval. 17-aprel, juma

    “Xalq so‘zi” muqovasidagi asosiy xabarlardan biri Mingbuloq neft koni haqida: “Mingbuloq konida yana bir muhim yumush — favvora og‘zini tozalash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Olov mutaxassislar kutganidek kon atrofida yoyilib emas, balki faqat uning og‘zida yerga nisbatan tik va tobora tiniq yona boshladi. Natijada kon og‘zidagi uskunaning ustiga qo‘yilgan eng pastdagi anjom yaqqol ko‘ringanidan so‘ng tankchilar mutaxassislar yordamida uni aniq nishonga olib, ketma-ket o‘n marta o‘q uzdilar. Bu bilan eskirib qolgan, yonib ishdan chiqqan proventer (jumrak o‘ldi to‘sqich) qirqib tashlandi. Quduq og‘zida qolgan o‘sha metallarni olib tashlash bilan tozalash ishlari nihoyasiga yetdi... Yaqin kunlar ichida hal qiluvchi vazifa — quduq og‘zini yopish uddalanadi”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi”ning yozishicha, 1992-yil 1-maydan Toshkent avtobus va tramvaylarida chiptasiz yurganlarga 30 so‘mdan, olib ketayotgani yuki uchun haq to‘lamaganlarga 10 so‘mdan, avtobus yo tramvayda portlovchi, zaharli, badbo‘y modda va buyumlarni olib yurganlarga esa 20 so‘mdan jarima solinadi. “Jarima to‘lash yo‘lovchini kira haqi va yuk uchun haq to‘lashdan ozod etmaydi”, — deyiladi xabarda. Gazeta Toshkent shahar IIBga tayanib xabar berishicha, “7-aprel uni ertalab DAN xodimlari oq ‘Jiguli’ avtomashinasini to‘xtatib, hayratdan dong qotib qoldilar. Gap shundaki, shahrimizdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida tahsil oluvchi xorijlik talaba qalbaki haydovchilik guvohnomasi bilan bemalol sayr qilib yurgan ekan”. Yana, xabar berishlaricha, “o‘tgan yakshanba kuni ‘Otchopar’ bozorida chayqovchilik qilganlikda ayblanib 81 kishi ushlangan. Ulardan 101 026 so‘mlik mahsulotlar olinib, musodara qilingan”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi”da bosilgan xorij xabarlari bir-biridan qiziq. “Rossiya prezidenti Boris Yelsin bilan hukumat raisining birinchi muovini Yegor Gaydar telefon orqali gaplashdilar. Suhbat chog‘ida prezident hukumatni to‘la-to‘kis qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va kabinetning iste’fosini qabul qilmasligini aytdi”. “Fidel Kastro Kuba hokimiyati tepasida turar ekan, AQSh bilan Kuba o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas, dedi AQSh prezidenti Jorj Bush”. “Pxenyanda KXDR asoschisi, 1948-yildan buyon doimiy prezident, ‘koreys xalqining otasi’, ‘millat quyoshi’, ‘Amerika imperializmi ustidan g‘olib chiqqan’, ‘Chuchxe g‘oyalari asosida Yer yuzidagi jannat — koreyscha sotsializmni barpo etgan’ zot — Kim Ir Senning 80 yilligi nishonlanmoqda”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasi 17-aprel sonida “ITAR-TASS”ga tayanib (u, o‘z navbatida, Reuters’ga, u esa Eron radiosi asoslangan holda) “Afg‘oniston prezidenti Najibullo 16-aprel kuni mamlakat poytaxti Kobuldan chiqdi va noma’lum tomonga uchib ketdi. Boshqa manbalar orqali bu xabar hali tasdiqlanganicha yo‘q”, deb yozgan. Xuddi shu kuni chop etilgan “Toshkent oqshomi” qo‘shni davlat rahbari haqida shunday yozadi: “Parijda Fransiyaning Afg‘onistondagi elchisi ma’lumotlariga asoslanib, bu mamlakat prezidenti Najibullo iste’foga chiqqanligi ma’lum qilindi. Kecha kunning ikkinchi yarmida Afg‘onistonda hokimiyat ‘afg‘on generallari koalitsiyasi’ga o‘tganligi xabar qilindi. Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Abdul Vakil esa matbuot konferensiyasida prezident Najibullo mamlakatni tark etishga uringanda qamoqqa olinganligi aytdi”. Shu bilan Najibullo keyingi to‘rt yilni, to “Tolibon” Kobulni egallab, uni qatl etguniga qadar, BMT vakolatxonasida o‘tkazadi.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 17-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 17-aprel sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Bekor yurgan ho‘kizlar, Navoiy urani evaziga 100 ming xalta konfet, O‘zbekiston kelajagiga doir 1992-yilgi bashoratlar. O‘zbek matbuoti 16-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Chang sabab kasalliklari ko‘paygan Qo‘qon, AQSHga yetib olish va undan o‘zib ketish orzusi, 11 yillik ta’limni yo‘qotish taklifi. O‘zbek matbuoti 15-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Prezident saylovida yutqazgan Hitler, chigit ekayotgan oltiariqlik maktab o‘quvchilari, yomon merosni yomon ko‘radigan Azimov. O‘zbek matbuoti 14-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Millatlar ligasidan chiqaman deb po‘pisa qilayotgan Yaponiya, Tursunoyga ergashgan tojik qizlari, Saudiyaga yo‘l olgan Karimov. O‘zbek matbuoti 13-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • “Qizil O‘zbekiston”ga chiqqan Al Kapone, birinchi Kosmonavtika kuni, 95 foizi mashinada teriladigan paxta. O‘zbek matbuoti 12-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    17.04.2022, 07:30   Izoh (0)   74523
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mariya Antuanetta qizining pushti brillianti 14 mln dollarga sotildi

    Layfstayl | 21 iyun, 15:15

    “Sizda qurol bormi, bizda ham bor” — AQSHda qora tanlilar huquqlari uchun kurashgan “Qora panteralar”

    Dunyo | 21 iyun, 15:05

    Uy yumushlari sababli Instagram’da 2 ta obunachisini yo‘qotgan hindistonlik ayol erini politsiyaga berdi

    Dunyo | 21 iyun, 14:50

    Erondagi 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari Turkmaniston orqali vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 14:49

    Ma’nosi oltinga teng bo‘lgan, ammo ko‘pchilik ko‘rmagan qadrdon multfilmlar

    Kino | 21 iyun, 14:20

    O‘zbekistonda Germaniya universiteti tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 14:00

    Yohansson tanqiddan qo‘rqadi, Bullok esa xakerlardan: nima uchun ba’zi mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan voz kechgan?

    Shou-biznes | 21 iyun, 13:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.