Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shvetsiya va Finlyandiya hukumati 2022-yilning yozidayoq NATOga kirishga tayyor, deb yozmoqda The Times manbalariga tayanib.

Foto: NATO

Foto: NATO

Ismi sir tutilgan AQSh rasmiylarining aytishicha, bu davlatlarning Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zoligi o‘tgan hafta NATO tashqi ishlar vazirlarining muzokaralarida “suhbat va ko‘plab uchrashuvlar mavzusi” bo‘lgan. Ularda Shvetsiya va Finlyandiya vakillari ishtirok etgan.

Gazetaning yozishicha, iyun oyida Finlyandiya, undan keyin Shvetsiya blokka qo‘shilish uchun ariza topshirishi kutilmoqda.

The Times gazetasiga intervyu bergan yevropalik diplomatlarning fikricha, har ikki davlat ham NATO imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi, ayniqsa razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va havo kuchlarini mustahkamlash nuqtayi nazaridan. Finlyandiya va Shvetsiya NATOga hamkor davlatlar maqomiga ega. Hozirda blok tarkibiga 30 ta davlat, Skandinaviya davlatlaridan Norvegiya va Daniya kiradi.

O‘tgan hafta Iltalehti gazetasi Finlyandiya aprel oyida NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berishga tayyorlanayotganini yozgandi.

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi boshlanishidan oldin Finlyandiya rasmiylari milliy xavfsizlik masalasi keskinlashsa, NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berishga tayyorligini bildirgan. 24-fevraldan keyin bosh vazir Sanna Marin, mavjud vaziyatga qaramay, bunday qaror shoshqaloqlik bilan qabul qilinmasligini va u hali parlamentda muhokama qilinmaganini aytdi. Biroq mart oyining oxirida u Xelsinki yoz boshlanishidan oldin alyansga qo‘shilish yoki qo‘shmaslik haqida qaror qabul qilishi kerakligini ma’lum qildi.

Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson esa mart oyi boshida mamlakatining NATOga kirishi bo‘yicha muzokaralar mintaqada beqarorlikka olib kelishini aytgan edi. Muxolifatdagi markaziy o‘ng mo‘tadil partiya rahbari Ulf Kristersson muzokaralarni boshlashga chaqirgan.

3-aprel kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansi Shvetsiya va Finlyandiya agar istak bildirsa, ularni qabul qilish yo‘lini “nisbatan tezroq” topishga va’da berdi. Avvalroq u mazkur davlatlar qurolli kuchlari alyans standartlariga mos kelishini, agar Xelsinki va Stokgolm NATOga kirish uchun ariza yuborsa, blok buni ijobiy qabul qilishini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, NATO har bir davlatning o‘z yo‘lini o‘zi tanlash huquqini qo‘llab-quvvatlaydi.

7-aprel kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Sky News telekanaliga bergan intervyusida Shvetsiya va Finlyandiyaning ittifoqqa kirishi orqali NATOning yanada kengayishini ekzistensial tahdid deb hisoblamasligini aytdi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, agar davlatlar ittifoqqa qo‘shilsa, Rossiya “vaziyatni muvozanatlashi”ga to‘g‘ri keladi. “Keyin biz g‘arbiy qanotimizni xavfsizlik nuqtayi nazaridan yanada murakkablashtirishimiz kerak bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yanvar oyi o‘rtalarida NATO “yangi a’zolarni, jumladan, Skandinaviya mamlakatlarini sun’iy ravishda jalb qilishga” urinayotganini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...