• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fransiya va Janubiy Osetiyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

    10-aprel, yakshanba kuni Fransiyada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari lavozimi uchun 12 nafar nomzod kurashmoqda. Saylovning asosiy favoritlari – mamlakatning amaldagi yetakchisi Emmanuel Makron va “Milliy ralli” partiyasi rahbari Marin Le Pen xonim.

    Foto: DPA

    Foto: DPA

    So‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, Makron va Le Pen ikkinchi turga chiqish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega, biroq saylovchilarning faolligi ovoz berish natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siyosatshunoslarning prognozlariga ko‘ra, faollik rekord darajada past bo‘lishi mumkin.

    Fransuzlar davlat rahbarini besh yillik muddatga saylashi kerak. Agar birinchi turda nomzodlarning hech biri mutlaq ko‘pchilikni (50 foizdan ko‘p ovoz) ololmasa, ikkinchi tur o‘tkaziladi. Beshinchi Fransiya Respublikasi tarixida birorta ham prezidentlik saylovi birinchi tur bilan yakunlanmagan.

    Saylovchilar ro‘yxatida 48,7 million fransuz bor. Yakshanba kuni butun Fransiya bo‘ylab 70 mingga yaqin saylov uchastkalari ishlaydi. Ular 8:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00) da ochiladi. Ko‘pgina fransuz kommunalarida 19.00 (Toshkent vaqti bilan 22:00) gacha ovoz berish mumkin bo‘ladi. Katta shaharlarda, jumladan Parij, Lion, Marsel, Nitsa, Bordo, Tuluza va boshqalarda saylov uchastkalari soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)gacha ishlaydi.

    Fransiyaning boshqa vaqt zonalarida joylashgan xorijiy departamentlarida ovoz berish 9-apreldan boshlangan.

    Yakshanba kuni saylov uchastkalari yopilgach, exit poll ma’lumotlari e’lon qilinadi. Keyin birinchi bosqichning dastlabki natijalari Fransiya Ichki ishlar vazirligi saytida e’lon qilinadi. Kun davomida esa vazirlik odatda saylovchilarning ishtiroki haqidagi ma’lumotlarni berib boradi.

    13-aprel, chorshanba kuni Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi 24-aprelga belgilangan saylovning birinchi bosqichi natijalarini va ikkinchi turga o‘tadigan ikki nomzodni tasdiqlashi kerak.

    Shuningdek, 10-aprel kuni qisman tan olingan Janubiy Osetiya Respublikasida ham prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Respublika Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berish mamlakatdagi 72 ta saylov uchastkasida bo‘lib o‘tadi, Rossiya, Abxaziya va Shimoliy Osetiya poytaxtlarida yana to‘rtta saylov uchastkalari ochiladi. “Jami 32 mingdan ortiq saylovchi ro‘yxatga olindi”, — deyiladi MSK xabarida.

    Prezidentlik saylovlarini mahalliy jurnalistlardan tashqari Rossiya ommaviy axborot vositalarining 20 ga yaqin vakili yoritadi. Jarayonni kuzatish uchun Janubiy Osetiyaga 40 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar – Rossiya, Donbass Respublikalari, Abxaziya, Avstriya, Venesuela, Germaniya, Tog‘li Qorabog‘, Nikaragua, Finlyandiya va boshqalardan delegatsiyalar keladi.

    Respublikaning oliy davlat lavozimi uchun besh nomzod — amaldagi davlat rahbari Anatoliy Bibilov, parlament spikeri o‘rinbosari Aleksandr Pliev, “Nixas” siyosiy partiyasi rahbari Alan Gagloev, deputat Garri Muldarov va sobiq deputat Dmitriy Tasoyev kurashmoqda.

    Respublika rahbari besh yil muddatga saylanadi. Bir shaxs bu lavozimni ketma-ket ikki muddatdan ortiq egallashi mumkin emas.

    Amaldagi prezident Anatoliy Bibilov ushbu lavozimga 2017-yilning aprel oyida saylangan edi. 30-mart kuni Bibilov Janubiy Osetiya Rossiyaga qo‘shilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan.

    “Rossiya bilan birlashish bizning strategik maqsadimiz, deb hisoblayman. Bizning yo‘l. Odamlarning intilishlari. Va biz bu yo‘ldan boramiz. Yaqin kunlarda tegishli qonuniy choralar ko‘ramiz. Janubiy Osetiya Respublikasi o‘zining tarixiy vatani – Rossiyaning bir qismi bo‘ladi”, — dedi Bibilov.

    Uning matbuot xizmati Janubiy Osetiyaning Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha barcha qonuniy tartib-qoidalar prezidentlik saylovlaridan so‘ng yakunlanishini ma’lum qilgan.

    Mavzuga doir: Janubiy Osetiya Rossiya tarkibiga qo‘shilsa, Shimoliy Osetiya bilan birlashishi mumkin

    10.04.2022, 12:30   Izoh (0)   20817
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pokiston bosh vaziri Imron Xon lavozimidan chetlatildi. Parlament unga ishonchsizlik votumi e’lon qilgan

    10.04.2022, 11:15

    Eron terrorizm va inson huquqlarining buzilishini qo‘llab-quvvatlagan 24 nafar amerikalikka qarshi sanksiyalar kiritdi

    09.04.2022, 19:57

    AQSH sobiq prezidenti Bill Klinton Yelsin va Putinga NATOga qo‘shilishni taklif qilgani haqida so‘zlab berdi

    09.04.2022, 18:46

    Saudiya Arabistoni uch yil ichida birinchi marta xorij fuqarolariga Haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berdi

    09.04.2022, 14:36

    Bayden Rossiya nefti va gazini import qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi

    09.04.2022, 11:54

    Yevroittifoq Putinning qizlari va “Komsomolskaya Pravda” bosh muharririga nisbatan sanksiyalar kiritdi

    09.04.2022, 10:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

    Sport | 16 avgust, 10:30

    Alyaskadagi sammit: Putin va Tramp muzokaralari yakunlandi. Ular ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 16 avgust, 09:59

    APL. “Liverpul” 1-turda “Bornmut” darvozasiga to‘rtta gol urdi (video)

    Sport | 16 avgust, 09:37

    Jazo muddatidagi shaxs katta miqdorda soxta dollarlarni sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Sirdaryo | 16 avgust, 09:17

    Enzo, Niki, Dino va boshqalar: insonlar sharafiga nomlangan avtomobil modellari

    Shou-biznes | 16 avgust, 09:10

    Magnit bo‘ronlarining Yerga ta’siri kuchayib bormoqda - tadqiqot

    Dunyo | 16 avgust, 08:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.