“Asakabank” AJ kengashining 2022-yil 8-apreldagi qaroriga muvofiq, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2022-yil 29-aprel, soat 15:00da “Asakabank” AJ bosh ofisi binosi (Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 67-uy)da quyidagi kun tartibi asosida bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi
1. Bank kengashining yangi tarkibini saylash;
2. Bank taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash;
3. Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan samaradorligning asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlash.
“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida bank aksiyadorlariga xabar berish uchun tuziladigan reyestr sanasi — 2022-yil 8-aprel.
“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashuvchi bank aksiyadorlari reyestrini tuzish sanasi — 2022-yil 25-aprel.
“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi materiallar bilan 100015, Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 67-uyda joylashgan bankning bosh ofisi binosida tanishish mumkin.
Telefon: (78) 147 65 65 (11-32), Korporativ munosabatlar xizmati
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)