• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Imom Buxoriy majmuasidan Mumbay masjidlarini bezashgacha hissa qo‘shgan xattot Islom Muhammad

    Sharqda kitobat ilmi, chiroyli xatlar bitish va ulkan obidalarni bezashda xattotlar xizmatidan o‘rinli foydalanilgan. Arab tili keng yoyila boshlagan davrlarda rivojlangan bu san’at Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Mang‘itlar davrida yuksak darajada taraqqiy etgan. Yaxshi xattotlar hukmdorlar saroyida talash bo‘lgan.

    Hazrati Imom, Imom Buxoriy majmualari, Baroqxon, Qaffol Shoshiy madrasalari, Tillashayx, Namozgoh, Minor, Islom ota masjidlarini bezashda ishtirok etgan, 30 yildan beri madrasalarda dars berib keluvchi, Usmon Mus’hafini ko‘chirishda qatnashgan ustoz, xattot Islom Muhammad esa ularning davomchilaridan.

    Hammasiga oilaviy muhit sababchi...

    Tojikistonning Dushanbe shahridanman. Maktab yoshimdan chizishga ishtiyoqim baland bo‘lgan. Buni ko‘rgan tog‘am Mulla Solih arab tilidan savodimni chiqaradilar. 14-15 yoshimda Toshkentga olib kelib o‘g‘illari, xattot Habibulla Solihga topshiradilar.

    Ulardan shu san’at sir-asrorini o‘rgandim. O‘sha paytlarda binolarga chizadigan xattotlar kam bo‘lganidan me’moriy madrasa, masjid peshtoqlari, mehrob, gumbaz yozuvlariga ko‘proq jalb qilinardim. Hazrati Imom, Imom Buxoriy majmualari, Baroqxon, Qaffol Shoshiy madrasalari, Tillashayx, Namozgoh, Minor, Islomota masjidlarida yozuvlar yozishga muvaffaq bo‘ldik.

    Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiyaning Qozon, Ufa shaharlari, Checheniston, Dog‘iston, Malayziyaning 20 dan ortiq obyektlari, Hindistonning Kirala, Mumbay shaharlari masjidlarida ham turli xat uslublarida yozuvlar yozganmiz.

    Kitoblarni ko‘chirishda asosan suls, kufiy, nasta’liq xattotlik uslublari, kitobat san’atidan foydalanamiz.

    Xattot Islom Muhammad ish jarayonida

    Xattot Islom Muhammad ish jarayonida
    Foto: “Daryo”/ Dilruh Isomiddinova

    Xattotlik — mashaqqat

    Ustozimiz bilan 3-4 shogird birgalikda bir yarim yildan ziyod vaqtda hijoziy Qur’onning qadimiy Usmon Mus’hafini ham ko‘chirganmiz.

    Yaqinda bir masjidda ishladik. Olti gumbazda turli oyat-u, hadislar, bir xonaqohning 100 metrli qismiga Yosin surasini yozib bitirishga uch oycha vaqtimiz ketdi. Xattotlikning mashaqqatli mehnat ekanini shundan ham bilsa bo‘ladi.

    Me’moriy ishlarni yozish bir necha bosqichda o‘tadi. Ish kichik hajmdagi yozuvlarni shaffof qog‘ozga joylab olish bilan boshlanadi. Keyin 1:1 hajmdagi yozuvlarni joyiga moslaymiz-da usta, naqqosh yo koshinkorlarga topshiramiz.

    Ustalar yozuvlarni nina bilan teshib, ganchli devorga tushirishadi. Naqqoshlar bo‘lsa, devorga tushirib, bo‘yoqlarda yozishadi. Koshinkorlar esa yozuvlarni loyga tushirib, loy holatida quritadi-da, o‘sha haroratda pishiradi. Ish bitgungacha bizning nazoratimizda bo‘ladi. Noto‘g‘ri ketgan joylarini aytib, yo‘naltirib turamiz.

    “Rakatboshi” mahallasi masjidining bezalish jarayonini kuzatayotgan Islom Muhammad

    “Rakatboshi” mahallasi masjidining bezalish jarayonini kuzatayotgan Islom Muhammad
    Foto: Instagram

    Xattotlikni kasb emas, san’at deb bilishadi va bu eng to‘g‘risi

    1990-yili Buxorodagi Mir Arab madrasasida tolibi ilmlarga xattotlikni o‘rgata boshladim. O‘shandan beri ham xattotlik, ham ustozlik qilib kelaman. Shogirdlikka keladiganlarga arab yoki fors tilini bilishing kerak degan talab qo‘ymayman. Yozish jarayonining o‘zida mashqlar bilan, bir xat turini bir oyga qolmasdan ham o‘rganib ketsa bo‘ladi. Faqat butun kuni, vaqt-u e’tiborini xattotlikka qaratishi lozim.

    Xattot dars jarayonida

    Xattot dars jarayonida
    Foto: Instagram

    Ularning aksari xattotlik kasb qilish niyatida bo‘lmaydi. Qur’on yozuvi bo‘lgani uchun xattotlik har qanday odamni o‘ziga jalb qiladi, muhabbat uyg‘otadi. Hammasi ixlosidan. Oyat-u hadislarni go‘zal yozadigan bo‘lay degan maqsadlari bo‘ladi.

    Agar chindan xattotlikning etagini tutaman, o‘zimni shu ishga bag‘ishlayman degan niyatlari bo‘lsa, bunga yillar davomida qunt bilan shug‘ullanish, ko‘plab tajribalar orttirish kerak bo‘ladi. Shukrki, bunday shogirdlarimiz ham bor. Ayrimlari faqat xattotlik qilsa, boshqalari turli o‘quv markazlarida ustozlik qilishadi. Sohada ilmiy izlanishlar ham olib borayotganlari ham uchraydi.

    Xattot Islom Muhammad

    Xattot Islom Muhammad
    Foto: “Daryo”/ Dilruh Isomiddinova

    Oddiy oq qog‘ozda asar qadrli bo‘lmaydi

    Dunyoda 150 dan ortiq xat turi mavjud bo‘lsa, diyorimizda 10 dan oshig‘idan foydalaniladi. Har bir xat harfining o‘lchovlari mavjud. Ular qalamning nuqtasi bilan o‘lchanadi.

    Boshlang‘ich darslarda qalamning qanday tayyorlanishi, qaysi siyohni ishlatish kerakligi haqida bilimlar berilsa, amaliy ishlari nuqta qo‘yishni o‘rganishdan boshlanadi. Qalam uchi qo‘l ushlashiga qulay — 30 darajagacha qiya kesilgan holatda bo‘lishi kerak.

    Xattotning qalamlari

    Xattotning qalamlari
    Foto: “Daryo”/ Dilruh Isomiddinova

    Agar to‘g‘ri kesik qilinsa, qalamni tikka ushlashga to‘g‘ri keladi. Xattotlikda bunday yozish imkonsiz. Yozayotganda harflar zich joylashmasligi kerak. Xattot harfning qaysi masofaga borib tugashini ko‘ra olishi kerak. Buning uchun o‘ta ziyraklik talab etiladi.

    Asosan g‘arb mamlakatlari, Rossiya, Eron, Turkiya, Yaponiya, Xitoydan olib kelingan siyohlar ishlatiladi. Qalamlarni esa o‘zimiz ariq bo‘ylarida o‘sadigan qamishlardan tayyorlaymiz.

    Ilgari siyohlarni ham xattotlarning o‘zi tayyorlashgan. Ammo hozirda bu bizda yo‘lga qo‘yilmagan. Balki olimlar qadimgi siyoh tayyorlash uslublarini o‘rganib, siyoh ishlab chiqarish qo‘llanmalarini chiqarishsa, bo‘lib qolar.

    Qog‘oz qo‘lda ishlangan, ohorlangan, pishiq bo‘lishi kerak. Ular ham asosan chetdan olib kelinadi. Masalan, Usmon Mus’hafini Angliyadan keltirilgan qog‘ozlarda yozganmiz.

    O‘zimizning Samarqandda tut daraxtidan ishlab chiqariladigan qog‘ozga ham yaxshi asarlar bitsa bo‘ladi. Ammo oddiy oq qog‘ozlarimizda asar qadrli bo‘lmaydi.

    500 yildan ko‘p vaqt davomida saqlanib kelayotgan qadimiy qo‘lyozmalarni ko‘rsangiz, ularda hech bir o‘zgarish bo‘lmaganini payqaysiz. Bu qog‘oz va siyohning sifatidan.

    Xattot ishlaridan namunalar

    Xattot ishlaridan namunalar
    Foto: “Daryo”/ Dilruh Isomiddinova

    Xattotning ishi faqat yozish emas

    Xattotning ishi yozishdangina iborat emas. Turli qo‘lyozmalarni o‘qib berishimizni ko‘p so‘rashadi. Ular asosan arab, fors, eski o‘zbek tillarida bo‘ladi. Bu tillarni bilish nafaqat, turli xat uslublarida ijod etish, shuningdek, qo‘lyozmalarni o‘qishda ham asqatadi.

    Har bir tolibi ilmning xatdan xabari bo‘lishi kerak. Aks holda, qo‘lyozmalarni ham o‘qiy olmaydi. Bugun Qo‘lyozmalar fondida o‘qilmagan kitoblar juda ko‘p. Buni xatdan xabari bo‘lgan olimlargina o‘qiy oladi.

    Xat turlaridan xabari bo‘lmagan odam masjid peshtoqlaridagi yozuvlarini ham o‘qiyolmaydi. Ko‘rganda shunchaki bezak yoki naqshda deb o‘tib ketaveradi. O‘qiy olgani esa har bir so‘zlarni yuragidan o‘tkazadi, ma’nosini anglash bilan zavqlanadi.

    Xatda ajib joziba, ohanrabo bor

    Xattotlik yozuviga qiziquvchilar har zamonda topiladi. Qur’oni Karimning falon oyatini mehmonxonamga, uyimga yozib bering deb ko‘p murojaatlar qilishadi. Qiziqib, farzandlarini ham xat o‘rganishga qo‘yishadi.

    Xatda ajib bir joziba bor. Hatto ko‘rgazmalar yoki ustaxonamizga keladigan sayyohlar harfni tanimasa-da yozib qo‘ygan lavhalarimizdan ta’sirlanishadi, zavq bilan tomosha qilishadi.

    Xat yozgan odamning odob-axloqidan ham o‘zgarish bo‘ladi. Xattot odam muloyim, beozor, sabrli bo‘ladi. Alisher Navoiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, So‘fi Olloyordan hikmatlar, parchalar yozib mashq qilish davomida shogirdlar ularning mohiyatini yaxshi anglab, hayotlarida qo‘llay boshlashlarini tajribamda ko‘p kuzataman.

    Xattot Islom Muhammad

    Xattot Islom Muhammad
    Foto: “Daryo”/ Dilruh Isomiddinova

    Ustoz xattotlar sanoqli

    Hamma ilmlar kabi xattotlik vaqt o‘tgan sayin o‘zgaradi, yangilanadi.

    Toshkentda ustozimiz Habibulla Solih yangi xat uslubi — Naqsh xatini yaratganlar. 1999-yili Pokistonda bo‘lganimizda ularga yangi xat ixtirochisi deb, Parvin unvoni berilgandi.

    Yangi xat turlari kitobat san’atida emas, ko‘proq xattotlarning ijodiy ishlarida qo‘llaniladi. Bugun ijodkorlar turli ranglar va rassomchilik bilan uyg‘unlashtirgan holda xattotlik namunalarini chizishyapti.

    Xat turlari joylarga ham taalluqli. Buxoroda Nas’hi Buxoriy, Samarqandda sayqal topgan nasta’liq, shuningdek, kufiy, suls va boshqa xat uslublari asrdan-asrga o‘tgan. Qur’on-u, hadislar shu uslublarda ko‘chirilgan bo‘lib, o‘z maromiga yetgan va o‘zgartirishga ehtiyoj yo‘q.

    O‘zbekistonda katta xattotlar sanoqli. Samarqand, Buxoro, Toshkentdan mashhurlarini topish mumkin. Bizni biriktirib turadigan biror tashkilot yo‘qligidan tarqoqroqmiz.

    Imom Buxoriy maqbarasi yozuvlari tahlili. Islom Muhammad samarqandlik xattot Abdujalil Ergashev bilan

    Imom Buxoriy maqbarasi yozuvlari tahlili. Islom Muhammad samarqandlik xattot Abdujalil Ergashev bilan
    Foto: Instagram

    Raqamlashayotgan xattotlik yozuvlari

    Bugungi kunda Islom sivilizatsiya markazidagi yozuvlarni qo‘lda yozib, uni raqamlashtirish bilan mashg‘ulmiz. Bu o‘ziga xos holatki, yozuv qanchalik katta bo‘lsa ham yozilgandan keyin o‘zgarmaydi. Raqamlashgan holda saqlanadi.

    O‘zbekistonda xattotlik festivallari, ko‘rgazma-yu, turli anjumanlar o‘tkazishning yo‘lga qo‘yilishi xattotlarimizni saralash, malakasini oshirish uchun katta imkoniyat bo‘lmoqda.

    Islom Muhammad Buxorodagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohida Respublika yosh xattotlari va naqsh ustalarining ko‘rgazma-tanlovi ochilish marosimida

    Islom Muhammad Buxorodagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohida Respublika yosh xattotlari va naqsh ustalarining ko‘rgazma-tanlovi ochilish marosimida
    Foto: Instagram

    Bunday anjumanlar xalqaro doiralarda ham mavjud. Turkiya, Pokiston, Eron, arab diyorlarida har yili o‘tkaziladi. Bizga ham takliflar bo‘ladi, lekin borish-kelish xarajatlari uchun o‘zimizning imkoniyatimiz yetmaydi. Biror tashkilot tomonidan yuborilishi yo‘lga qo‘yilar degan umidimiz bor.

    Suhbatning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Ziyoda Ramazonova suhbatlashdi.

    Tasvirchi va montajchi: Ma’murjon Obrahmatov

     

    07.04.2022, 08:02   Izoh (0)   60757
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.