• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bucha fojiasi. 3-aprelning asosiy voqealari

    Rossiya harbiylari tomonidan bosib olingan Kiyev viloyatining Bucha va boshqa aholi punktlarida o‘nlab tinch aholining o‘ldirilishi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushning eng dahshatli lahzalaridan biriga aylandi. Ko‘chalarda yotgan jasadlarning (ba’zilarining qo‘llari bog‘lab tashlangandi) suratlari 2-aprel kuni kechqurun tarqaldi. Ertasi kuni Buchadan yangi dalillar hamda Ukrainaning bosib olingan hududlarida sodir etilgan boshqa jinoyatlar haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi; Rossiya rasmiylari esa Bucha materiallarini feyk deb ishontirishga urinmoqda. Meduza 3-aprel kuni bo‘lib o‘tgan voqealar haqida asosiy ma’lumotlarni jamladi.

    Bucha ko‘chalarida o‘lik holda yotgan odamning qo‘lidagi arqonni kesishmoqda. 3-aprel, 2022-yil

    Bucha ko‘chalarida o‘lik holda yotgan odamning qo‘lidagi arqonni kesishmoqda. 3-aprel, 2022-yil
    Foto: AFP

    Kiyev viloyatining Rossiya harbiylaridan ozod qilingan tumanlaridan 410 nafar qurbonning jasadi sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun olib ketildi, deya ma’lum qildi Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev va Chernigov viloyatlarining rus qo‘shinlaridan qaytarib olingan hududlarida tergov guruhlari ishlamoqda, ular “Rossiya bosqinchilarining barcha jinoyatlarini” aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. Hududlarni minalardan tozalash ishlari ham olib borilmoqda — Venediktovaning so‘zlariga ko‘ra, gap portlamay qolgan o‘q-dorilar va rossiyalik harbiylarning minalangan jasadlari haqida ketmoqda. “Bu — do‘zax, uni bizning yerimizda hosil qilgan yirtqichlarni jazolash uchun hammasi hujjatlashtirilishi kerak”, — dedi bosh prokuror.

    Vladimir Zelenskiy: “Endi Rossiyani shunday eslab qolishadi. Sizning madaniyatingiz va insoniy qiyofangiz ukrainalik ayol va erkaklar bilan birga halok bo‘ldi”. Ukraina prezidenti navbatdagi videomurojaatida Kiyev yaqinida tinch aholining o‘ldirilishi haqida gapirar ekan, rus tilida shunday dedi:

    Men har bir rus askarining onasi Buchada, Irpenda, Gostomelda o‘ldirilganlarning jasadlarini ko‘rishini xohlayman. Ular nima qilgandi? Nega ular o‘ldirildi? Ko‘chada velosipedda ketayotgan odam nima ayb qilgandi? Nima uchun tinch shaharda oddiy fuqarolar qiynoqqa solingan? Nima uchun ayollar quloqlaridan sirg‘alari tortib olinib, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirilgan? Qanday qilib ayollarni bolalarning ko‘z o‘ngida zo‘rlash va o‘ldirish mumkin? Hatto o‘lganidan keyin ham ularning jasadlari masxara qilinadimi? Nima uchun odamlarning jasadlarini tanklar bilan ezib tashlashdi? Ukrainaning Bucha shahri sizning Rossiyangizga nima qilgandi? Qanday qilib bularning barchasiga qo‘l urish mumkin?

    Rus onalari, agar siz talonchilarni tarbiyalagan taqdiringizda ham, ular qanday qilib jallodga aylanishdi? Farzandlaringizning ichida nima borligini bilmasligingiz mumkin emas. Ular insoniy hamma narsadan mahrum ekanini payqamasligingiz mumkin emas. Na ruh, na yurak bor. Ular ataylab va zavq bilan odam o‘ldirgan.

    Men Rossiyaning barcha rahbarlari o‘z buyruqlari qanday bajarilayotganini ko‘rishini xohlayman. Mana buyruqlar, mana ijro. Va birgalikda javobgarlik. Bu qotilliklar uchun, qiynoqlar uchun, ko‘chalarda sochilib yotgan, portlashlardan yirtilgan qo‘llar uchun. Odamlarni bog‘lab, boshining orqasidan o‘q uzishlar uchun javobgarlik.

    Rossiya davlati endi shunday eslab qolinadi. Bu sizning tasviringiz. Sizning madaniyatingiz va insoniy qiyofangiz ushbu ukrainalik ayol va erkaklar bilan birga halok bo‘ldi.

    Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya harbiylari tomonidan Buchada tinch aholining o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni “provokatsiya” va “sahnalashtirish” deb atadi.

    Vazirlikning ta’kidlashicha, Bucha rus harbiylari nazorati ostida bo‘lgan davrda “birorta ham mahalliy aholi zo‘ravonlik harakatlaridan jabr ko‘rmagan”, Ukraina harbiylari esa shaharning janubiy tumanlarini “kun-u tun” o‘qqa tutgan.

    Rossiya Mudofaa vazirligi 30-mart kuni shahar rus harbiylari tomonidan tashlab ketilganini ta’kidlab, Buchadagi barcha jinoiy dalillar Ukraina xavfsizlik xizmati zobitlari va Ukraina televideniyesi vakillari shaharga kelgan to‘rtinchi kunda paydo bo‘lganini shubhali deb hisoblamoqda. Mudofaa vazirligi, shuningdek, jasadlar o‘limdan “kamida to‘rt kun o‘tgandan keyin” go‘yoki bunday ko‘rinishda bo‘lmasligi kerakligini aytib, “alohida xavotir” bildirgan.

    Rossiya “Ukraina radikallarining Buchadagi dahshatli provokatsiyasi munosabati bilan” 4-aprel kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa Buchadagi tinch aholi o‘limiga oid dalillardan “chuqur hayratda qolganini” aytdi va mustaqil tergov o‘tkazish va aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

    Rossiyaning hukumatparast OAVlari feyk video haqidagi argumentlarni tarqatmoqda. Ular “Mediazona” nashri tomonidan ishonchli tarzda rad etildi. Ilgari Mariupoldagi bolalar kasalxonasidan olingan tasvirlarning “soxtaligi” haqida yolg‘on da’volarni tarqatib kelgan “Feykga qarshi kurash” Telegram kanali 3-aprel kuni ertalab Buchada rus qo‘shinlari chekinganidan keyin shahar bo‘ylab harakatlanayotgan mashina ichidan olingan videotasvirlarning go‘yoki soxtaligini “fosh qildi”.

    Telegram kanalda aytilishicha, kadrlardan birida yo‘l chetida yotgan marhum go‘yo qo‘lini qimirlatadi, mashinaning orqani ko‘rish oynasidan esa boshqa bir o‘likning go‘yoki o‘tirgani ko‘rinadi. Ushbu xabarlarni Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z Telegram kanaliga repost qildi; bu dalillar hukumatparast OAVlarda, masalan, “RIA Novosti” agentligining kechki xabarida aylandi. “Mediazona” esa “Feykga qarshi kurash” tomonidan davo qilingan dallilar aslida qanday ekanini sifatli kadrlarda tahlil qilib berdi. Nashr ko‘rsatganidek, “qimirlagan qo‘l” tasavvuri avtomobilning old oynasiga tushgan shu’la sabab, “o‘tirgan odam” esa orqani ko‘rish oynasidagi buzilish sabab yuzaga kelgan. Buni yuqori sifatli videoning sekinlashtirilgan shaklida bemalol ko‘rish mumkin.

    G‘arb davlatlari Ukrainada tinch aholi o‘ldirilgani sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel, Germaniya kansleri Olaf Shols, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi. Ko‘plab Yevropa yetakchilari voqea haqida bayonotlar berdi; Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Rossiya hukumati ushbu jinoyatlar uchun javob berishi kerakligini” aytdi.

    Mavzuga doir: Buchadagi qirg‘in. Zelenskiy rossiyalik harbiylarning onalariga murojaat qildi. Rossiya bu safar ham Ukrainaning ayblovlarini provokatsiya deb atamoqda (foto)

    04.04.2022, 12:43   Izoh (0)   53581
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH Rossiyaga qo‘llanilgan sanksiyalar tufayli neft qazib olishni oshiradi

    04.04.2022, 11:42

    Vuchich Serbiya prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozonganini ma’lum qildi

    04.04.2022, 10:56

    Makron Rossiya hukumati Buchadagi jinoyat uchun javob berishi kerakligini aytdi. Shols esa yangi sanksiyalarni e’lon qildi

    04.04.2022, 09:01

    “Odamlar voqelik shunchalar dahshatli bo‘la olishiga ishonishdan bosh tortardi”. Jurnalist Miryana Tomich 30 yil avval o‘zi yoritgan Yugoslaviya urushi haqida so‘z...

    04.04.2022, 08:00

    Buchadagi qirg‘in. Zelenskiy rossiyalik harbiylarning onalariga murojaat qildi. Rossiya bu safar ham Ukrainaning ayblovlarini provokatsiya deb atamoqda (foto)

    03.04.2022, 22:52

    Fil ajdarga qarshi. Hindiston—Xitoy munosabatlari: hududiy da’volar, qonli to‘qnashuvlar, iqtisodiy aloqalar va tuganmas bahs

    03.04.2022, 20:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.