Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—fevral oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2 oyda import uchun eng ko‘p xarajat qilingan mahsulot — bug‘doy (113,1 million dollar). Keyingi o‘rinlardan shakarqamish (59,6 million dollar) va margarin mahsulotlari (52,1 million dollar) joy olgan. To‘liq ro‘yxat quyida:
- Bug‘doy – 113,1 million dollarga;
- Shakarqamish – 59,6 million dollarga;Margarin mahsulotlari – 52,1 million dollarga;
- Qoramol go‘shti – 26,5 million dollarga;
- O‘simlik yog‘i – 22,5 million dollarga;
- Kartoshka – 21 million dollarga;
- Kakao va shokolad – 19,6 million dollarga;
- Bug‘doy uni – 16,4 million dollarga;
- Banan – 11,5 million dollarga;
- Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 10,1 million dollarga;
- Sut mahsulotlari – 8,7 million dollarga;
- Choy – 7,4 million dollarga;
- Parranda go‘shti – 7,2 million dollarga;
- Mandarin – 5,9 million dollarga;
- Makkajo‘xori – 5,7 million dollarga;
- Kofe – 5,1 million dollarga.
Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi 30-mart kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qilgandi. Mahsulotlar narxlarida 16-martdagiga nisbatan o‘zgarish kuzatilgan, xususan, shakar (+2 000 so‘m) va o‘simlik yog‘i (+1000 so‘m) qimmatlashgan.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doy va un sotib olish rejalashtirilmoqda
- Urush tufayli O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi endi nima bo‘ladi?
- O‘zbekistonda shakar, un, yog‘, go‘sht kabi mahsulotlar uchun aksiz solig‘i va bojxona to‘lovlari pasaytirilishi mumkin