Toshkent viloyati Toshkent tumanida 4-aprel kuni Lacetti avtomobili kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 11:22 da tuman FVBga “Ko‘kterak” mahallasidan oqib o‘tuvchi Zaxariq kanaliga Lacetti avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi va e’tiborsizligi oqibatida tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan olib chiqqan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Avvalroq Samarqandda Damas haydovchisi kanalga tushib ketgach, bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi. Shuningdek, Namanganda kanalga tushib ketgan avtomobil suv tubidan olib chiqilgani va Namanganda Nexia kanalga tushib ketgani xabar qilingan.