Davlat statistika qo‘mitasi 2-mart kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000—68 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 54 000—80 000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) — 3 000—7 000 so‘m;
- piyoz (1 kilogramm) — 1 500—4500 so‘m;
- sabzi (1 kilogramm) — 1 000—5 000 so‘m;
- tuxum (10 dona) — 6 000—14 000 so‘m;
- guruch (1 kilogramm) — 5 000—17 500 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 litr) — 13 600—24 000 so‘m;
- shakar (1 kilogramm) — 7 900—10 500 so‘m.