Dunyo shou-biznesi vakillari hayoti va faoliyatida tashqi qiyofaga katta ahamiyat beriladi. Kimningdir semirib yoki ozib ketganligi xalqaro OAVda doimo katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. Quyida biz qisqa vaqt ichida keskin ravishda ozishga muvaffaq bo‘lgan ba'zi yulduzlar haqida hikoya qilamiz.

Keyt Uinslet

Keyt Uinslet

“Titanik” filmi orqali jahonga tanilgan ingliz aktrisasi Keyt Uinslet ikki farzandli bo‘lganidan keyin ancha semirib ketgan edi. Ammo u 2011-yili Roman Polanskining “Qirg‘in” (Carnage) filmi premyerasida yangicha qiyofada namoyon bo‘lib, hammani hayratga soldi. Keyt parhez va fitnes mashg‘ulotlari sharofati bilan 25 kilogrammlik ortiqcha vazndan qutulishga muvaffaq bo‘lgan.

Kelli Ozborn

Kelli Ozborn

Taniqli musiqachi Ozzi Ozbornning qizi bo‘lmish Kelli Ozborn 3 yil avval 20 kilogrammga ozib, muxlislarini hayron qoldirdi. Ma’lum bo‘lishicha, xonanda hamda aktrisa bo‘lgan Kelli har kuni kamida yarim soat yugurish bilan shug‘ullanadi va faqat yengil taomlar tanovvul qiladi.

Jessika Simpson

Jessika Simpson

Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jessika Simpson 27 kilogramm vazn tashlagan. Hozirda u sport zalida muntazam ravishda shug‘ullanadi.

Ani Lorak

Ani Lorak

Taniqli Ukraina qo‘shiqchisi Ani Lorak ham homiladorlik tufayli ancha semirib ketgan bo‘lishiga qaramay, tez orada 15 kilogrammga ozib, yana avvalgi qomatiga qaytdi. Uning aytishicha, ortiqcha vazn bilan kurashishda eng samarali usul bu — kechki oltidan keyin ovqat yemaslik va sport bilan shug‘ullanishdir.

Hilari Daf

Hillari Daf

Amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi Hillari Daf ham homiladorlik tufayli ortiqcha vazn qo‘ygan edi. Lekin pilates va boks mashg‘ulotlari natijasi o‘laroq avvalgidan-da xushbichim gavdaga ega bo‘ldi.

Jennifer Hadson

Jennifer Hadson

Amerika shou-biznesining yana bir vakili Jennifer Hadson eng hayratlanarli darajada o‘zgargan yulduz bo‘ldi. U asosan parhez tutish va sport mashg‘ulotlari yordamida 40 kilogrammga yaqin ortiqcha vazndan xalos bo‘ldi.

O‘zbek estradasi va kino olamida ham shu tarzda tashqi qiyofasini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan san’atkorlar bormi?