Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

GSMA aloqa operatorlarining global assotsiatsiyasi 1995-yildan beri tashkilot a’zosi bo‘lgan Rossiyaning “Megafon” kompaniyasi chetlatilganini e’lon qildi. Bu haqda GSMA bayonotiga tayanib “Vedomosti” xabar bergan.

Foto: “Vedomosti”

Foto: “Vedomosti”

Bayonotda kompaniyaning assotsiatsiyadan chetlatilishiga nima sabab ekanligi qayd qilinmagan.

“Xalqaro assotsiatsiyaning bunday shoshilinch, asossiz qaror chiqarganidan hayron qoldik, ushbu harakatning huquqiy asoslari ham mavjud emas, biz o‘z maqomimizni qayta tiklash yo‘llarini ko‘rib chiqyapmiz”, — degan “Megafon” vakili.

Shuningdek, GSMA Rossiya kompaniyasining rouming hamkorlari ro‘yxatidan (Roaming partner listing, RPL) ham o‘chirilganini ma’lum qilgan. “Megafon”dagilar bu kompaniyaning xalqaro roumingdan uzilib qolishini anglatmasligini bildirgan. Kompaniya vakili RPL — hamkorlar uchun axborot-ma’lumot ro‘yxati ekanligi, ro‘yxatda bo‘lish yoki undan chiqish operatorlar o‘rtasidagi kelishuvlarga ta’sir qilmasligini tushuntirgan.

GSMA — koperatorlar va qurilmalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning eng yirik xalqaro birlashmasi. Tashkilot 1995-yildan beri mavjud va uning tarkibiga butun dunyoda mingdan ziyod kompaniya hamda tashkilotlar a’zo sifatida kirgan, ular orasida Rossiyaning “MTS”, Beeline hamda Tele2 kompaniyalari ham bor.

GSMA faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri texnik standartlarni ishlab chiqish va belgilashdan iborat. “Vedomosti”ning qayd etishicha assotsiatsiya mobil aloqa tarmoqlarining kelgusi avlodlariga qaysi texnologiyalar tatbiq etilishini hal qiladi.

Avval Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin “Megafon” va yana bir Rossiya operatori “Rostelekom” internet-trafik almashinuvi London LINX (London Internet Exchange) nuqtasidan uzib qo‘yilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevralda Ukrainada maxsus harbiy operatsiyalarni boshlagan. Shundan keyin AQSH, YI, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, YaponiyaKanada va boshqa davlatlar Rossiyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilganini e’lon qilgan. Urush boshlanganidan beri rossiyalik biznesmenlartop-menejerlarsiyosatchilar va amaldorlarga nisbatan bir qator taqiq hamda cheklov paketlari joriy etilgan.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg