Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksning og‘ir vazn toifasida (+90,7 kg) harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (9-0, 9 KO) 18-mart, juma kuni Dubaydagi jang kechasida ringga ko‘tariladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Probellum Dubai musobaqasida o‘zbekistonlik bokschiga polshalik Kamil Sokolovski (11-24-2, 4 KO) raqiblik qiladi.

Bokschilar jangdan oldin tarozidan o‘tdi. Jalolov 116 kg tosh bosgan bo‘lsa, Sokolovski esa 109 kg chiqdi.

Jang Toshkent vaqti bilan 20:00 dan keyin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Jalolov professional boksdagi bundan avvalgi jangini dekabr oyida kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoga qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq nokaut bilan g‘alaba qozongandi. Kamil Sokolovskining so‘nggi jangi 2022-yil 5-fevral kuni shvetsiyalik Otto Vallinga qarshi bo‘lib o‘tgan. Polshalik bokschi raqibiga imkoniyatni boy bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)