Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Muttasil davom etayotgan yog‘ingarchiliklar Toshkent viloyatining Piskent va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi ko‘priklarga katta zarar yetkazdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Qizilsoy” mahalla fuqarolari yig‘ini hududi hamda Piskent tumani hududidan o‘tuvchi A-373 O‘sh—Guliston avtomobil yo‘lining 107-kilometridagi ko‘priklar o‘z mustahkamligini yo‘qotgan.

FVV matbuot xizmati xabarida aytilishicha, davomiy yog‘ayotgan yomg‘ir natijasida Ohangaron daryosidagi suv odatdagidan ko‘proq hajmda oqayotganligi sababli Piskent tumanidagi ko‘prikka o‘z ta’sirini ko‘rsatib, qirg‘oqning yuvilishiga olib kelgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Hozirda avtomobil harakatlari to‘xtatilib, xavfni bartaraf etish maqsadida FVB, YHXB, “Yo‘llardan foydalanish” UK, tuman hokimliklari va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yog‘ingarchilik natijasida hosil bo‘lgan sel suvlari Samarqand viloyati Nurobod tumani “Uzku” qishlog‘idagi eski anhor kanaliga qurilgan 24 metrli yangi ko‘prikka ham zarar yetkazgandi. Ushbu ko‘prik 2021-yilning noyabrida 5,2 milliard so‘mga yangidan qurilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?