• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xitoydan boshqa davlatlarga koronavirus tarqalish ehtimoli 180 darajaga o‘zgargan” — Botirjon Qurbonov

    Xitoy kuchaytirilgan karantin rejimi natijasida mamlakatga koronavirus kirib kelishi va respublikadan boshqa davlatlarga tarqalishining oldini olishga erishgan. Bu haqda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.

    Yil boshida Xitoyda koronavirus yana qayta kuchayib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan, 1,2 million aholiga ega Yuchjou shahri, undan avval 13 million aholiga ega Sian shahri lokdaunga yopilgandi. Bayse shahri (Guansi-Chjuan avtonom tumani) ma’muriyati COVID-19 ga chalinish holatlarining ortishi munosabati bilan shaharda 7-fevraldan lokdaun joriy etilganini e’lon qilgan.

    “Xitoy hukumati 2019-yil 31-dekabr kuni mamlakatda koronavirus paydo bo‘lgani, kasallik ko‘payib borayotgani va u boshqa davlatlarga tarqalayotgani bo‘yicha bayonot bergan. 2020-yil 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan butun dunyoda pandemiya e’lon qilingan. Shu davrgacha dunyoning boshqa davlatlariga Xitoyda bo‘lgan kasallik o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ammo undan keyingi holatda Xitoy karantin tadbirlarini kuchaytirib, koronavirusni mamlakatga kirib kelishi va boshqa davlatlarga chiqishini to‘xtatdi. Ya’ni Xitoyda bugungi kunda shunday tartib joriy qilindiki, mamlakatga kasallikning kirib kelishini va davlatdan boshqa joylarga chiqishining oldini olish tadbirlari kuchaytirilgan. Hozirda Xitoydan boshqa davlatlarga kasallik tarqalishining ehtimoli pandemiya boshidagi holatga nisbatan 180 daraja boshqacha”, — dedi xizmat boshlig‘i o‘rinbosari.

    Botirjon Qurbonovning aytishicha, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yana jiddiylashsa, karantin cheklovlari kuchaytirilishi mumkin.

    “O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq xavfli vaziyatni bartaraf etishga erishildi. Kasallik kuni kecha bir sutkada 21 kishida qayd etilgani epidemiologik barqarorlik ta’minlanganidan dalolat beradi. Hozirda barcha muassasalarda tibbiy niqoblardan foydalanish ixtiyoriy. Ammo bu tibbiy niqobdan umuman foydalanilmasin, degani emas. Qo‘llarga antiseptik sepish, masofa saqlash ham barcha muassasalarda ixtiyoriy ravishda qoldirildi. Agar koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lsa va O‘zbekistonda dunyodagi singari murakkab jarayon boshlansa, albatta, kuchaytirilgan rejimga, tibbiy niqoblar taqish va boshqa tartiblarga qaytish ehtimoli yo‘q emas. Qachonki dunyoda shu kasallik tugatilsa, O‘zbekistonda ham tugatiladi, deyish mumkin. Bugungi kundagi holatga karantin cheklovlari vaqtincha yumshatilishi kuzatilmoqda, deb qarash kerak”, — dedi mutaxassis.

    Avvalroq O‘zbekistonda 2022-yilning 1-martidan boshlab fuqarolarning ochiq havoda niqob taqmasligiga ruxsat berilgani xabar qilingandi. Epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda fuqarolarning ijtimoiy masofasini ta’minlash qiyin bo‘lgan joylarda niqob taqish tavsiya etilgan. Sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiyot xodimlarining, ular koronavirus bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lishidan qat’i nazar, niqob taqishi talabi saqlab qolingan.

    16.03.2022, 20:56   Izoh (0)   17427
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda fevral oyida uylar sotuvi ko‘paydi. Ko‘chmas mulk bozorida vaziyat qanday?

    16.03.2022, 20:44

    “Qiz bola faqat uy-joy, er, bola-chaqa haqida niyat qilishi kerak, deb orzularimni boshqarishmagan” — Wellington Management xalqaro kompaniyasi mutaxassisi Dilshod...

    16.03.2022, 20:32

    Shavkat Mirziyoyev DSQning Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini borib ko‘rdi

    16.03.2022, 20:13

    Shahnoza Mirziyoyevadan Tanzila Norboyevagacha. Cosmopolitan reytingida lider ayollarning 20 foizini o‘zbekistonliklar tashkil qildi

    16.03.2022, 20:08

    O‘z qizini ayiq qafasiga otib yuborgan onaga qanday jazo beriladi? Huquqshunos tahlili

    16.03.2022, 19:45

    “Endi har oyda tumanlardagi soliq sohasi vakillari OAV va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani qilib, oqni oq, qorani qora deydi” — Shavkat Mirziyoyev

    16.03.2022, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.