Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 10-mart kuni mast holdagi fuqaro o‘z o‘yida ulfatini pichoqladi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, 10-mart kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda “Mustaqillik” mahallasida yashovchi Q.A. (21 yoshli) o‘zining yashash uyida mahalladoshi Q.M. (26 yoshl) bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Mast holatda o‘zaro tortishib, janjallashib qolgan. Oqibatda Q.A. oshxona pichog‘i bilan Q.M.ning qorin qismiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Boysun tumani sud tibbiy ekspertiza bo‘limining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, Q.M.ga “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” turdagi tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Q.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Prezident tashrif buyurgan Andijon tumanidagi 55-maktab — suratlarda 
Mahalliy
Slovakiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident