Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyati Namangan shahrida 26-fevral kuni voyaga yetmagan fuqaro tengdoshini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

Foto: Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti

Qayd etilishicha, shu kuni soat 11:50 larda shaharning Sheroziy ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan L.X. (16 yoshli) Namangan shahar Zirabuloq ko‘chasida joylashgan uylar oralig‘ida Yangi Namangan tumanida yashovchi voyaga yetmagan A.A. (16 yoshli) bilan janjallashgan. U “Nega mening uyali telefonimga qo‘ng‘iroq qilib, shaxsiyatimga tegib haqorat qilding?”, deb A.A. bilan o‘zaro tortishib qolgan va qo‘lida bo‘lgan pichoq bilan ko‘krak qafasi orqa sohasiga bir marta urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda  A.A. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Voyaga yetmagan L.X. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova