“Everton” bosh murabbiyi Frenk Lempard tadbirkor Alisher Usmonovga qo‘llangan sanksiyalar jamoaga ta’sir ko‘rsatmasligini aytdi.
Hech kim bilan bu mavzu haqida gaplashmadim, lekin sanksiyalar jamoaga ta’sir ko‘rsatmaydi. Hech qanday xavotir yo‘q. Vaziyat haqida yetarlicha axborotga ega emasligim bois uni izohlay olmayman. Bor e’tiborimni jamoa va ishimga qaratishim lozim.Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Everton” Alisher Usmonov va uning Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilishni to‘xtatgandi. Usmonovga tegishli bo‘lgan USM Holdings “Everton” stadioniga nom qo‘yish huquqiga egalik qilardi. “Megafon” va Yota esa 2020-yildan Mersisayd klubi ayollar jamoasining titul homiysi hisoblanardi.Frenk Lempard, “Everton” bosh murabbiyi
Ma’lumot uchun, “Everton” Angliya Premyer Ligasida 24 o‘yindan so‘ng 22 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)