Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda 50 ming dollar evaziga DXXga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgani uchun bir necha bor sudlangan shaxs (1985-yilda tug‘ilgan) huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 50 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

DXX Namangan viloyati bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchisi o‘zganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning farzandini ichki ishlar idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Baxt shahrida yashovchi, sobiq ichki ishlar xodimi, o‘zini go‘yoki Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasida ishlovchi xodimi sifatida tanishtirib, Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan. U “xizmati evaziga” fuqarodan 4 ming dollar olgan vaqtida DXX va IJQK departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, pul evaziga Milliy Gvardiyaga ishga kiritib qo‘yish holati Qashqadaryo viloyatida ham qayd etilgan. Xususan, muqaddam Mudofaa vazirligi tizimida ishlab, nafaqaga chiqqan, Qarshi shahrida yashovchi shaxs 27 yoshli fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangan

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda Milliy gvardiyaga ishga va “Diplomatiya”ga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 32 ming dollar olgan shaxslar ushlangani, Qashqadaryoda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi