Og‘ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi Oleksandr Usik Kiyev hududi mudofaasiga nima uchun qo‘shilgani va qachon ringga qaytishi borasida aytib o‘tdi.
Agar ular meni va yaqinlarimni hayotini olmoqchi bo‘lsa, men ham shunday qilishga majbur bo‘laman. Lekin buni xohlamayman. O‘q otishni, kimdirni o‘ldirishni istamayman, ammo meni o‘ldirishga harakat qilishsa, boshqa tanlovim qolmaydi.24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Ayni vaqtda Ukrainaning qator hududlarida harbiy harakatlar davom etmoqda.Balki bu sentimental gapdek tuyulishi mumkin, lekin mening ruhim Xudoga tegishli, tanam va sha’nim esa yurtim, oilamniki. Shunday ekan qo‘rquv yo‘q, hech qanday. Faqatgina hayrat bor — XXI asrda bunday holat qanday sodir bo‘lishi mumkin? Rossiyaliklar bu yerda aslida nimalar bo‘layotganini bilmaydi. Ular buni ko‘rmayapti.
Qachon ringga qaytishimni aniq bilmayman. Vatanim va sha’nim chempionlik kamaridan ko‘ra muhimroq.
Havo hujumi boshlanganda yashirinamiz. Albatta, ko‘pchilik bo‘lsak, zavqlanamiz. O‘zimizni zavqlanishga majburlayapmiz. Farzandlarimiz uchun yaxshi kayfiyatda bo‘lishga harakat qilamiz.
Oleksandr Usik, bokschi