Ukrainada kechayotgan urushning yettinchi kuni — suratlarda
24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini ozod qilish hamda Ukrainani “denatsifikatsiya” va “demilitarizatsiya” qilishga qaratilgan “maxsus harbiy operatsiya” boshlangani haqida e’lon qildi. Shundan so‘ng Rossiya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yubordi. Kiyev, Xarkov, Mariupol va boshqa shaharlar yaqinida bir necha kundan buyon janglar davom etmoqda. U yerdagi odamlar bomba boshpanalarida, metro bekatlarida va yerosti avtoturargohlarida jon saqlamoqda. Boshqalar esa qo‘shni davlatlarga qochib ketmoqda: BMT ma’lumotlariga ko‘ra, urushning olti kunida 836 ming qochqin allaqachon Ukrainani tark etgan. Meduza urushning yettinchi kunini aks ettirgan fotosuratlarni jamladi.
Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live