Jahon banki Ukrainadagi urush tufayli Rossiya va Belarusdagi barcha dasturlarini to‘xtatganini e’lon qildi. Bu haqda Jahon bankining bayonotidan ma’lum bo‘ldi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, bank 2014-yildan beri Rossiya uchun hech qanday kredit va investitsiyalarni tasdiqlamadi.
Jahon banki guruhi 2014-yildan beri Rossiyaga yangi kreditlar yoki sarmoya kiritmadi. Shuningdek, 2020-yil o‘rtalaridan beri Belarus uchun yangi kreditlar ham to‘xtatildi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va Ukraina xalqiga qarshi urush harakatlari boshlanishi bilan, Jahon banki guruhi Rossiya va Belarusdagi barcha dasturlarini zudlik bilan to‘xtatdi, — deyiladi bayonotda.Avvalroq Apple Ukrainadagi urushdan keyin Rossiyada mahsulot sotishni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.
Shvetsiyaning H&M Group kiyim-kechak tarmog‘i ham Ukrainadagi urush tufayli Rossiyadagi barcha savdolarni to‘xtatishga qaror qildi.
2-mart kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainada maxsus harbiy operatsiyalarini boshlagani tufayli joriy qilingan sanksiyalar doirasida 12-martdan boshlab mamlakatning yettita banki SWIFT banklararo to‘lovlar tizimidan uzib qo‘yilishini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.