Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov Ukraina fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklarning evakuatsiya masalasi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, vazirlikka Ukraina fuqaroligini olgan yoki aralash nikohdagi oila vakili bo‘lgan o‘zbekistonliklar ham O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi haqida savol kelib tushgan.
Yusuf Qobuljonovning ta’kidlashicha, barcha insonlarga urush hududini imkon qadar tezroq tark etib, Lvov shahriga borish tavsiya etilmoqda. O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi ularni Lvovdagi to‘planish nuqtasidan “Krakovets” (Polsha) nazorat-o‘tkazish punktigacha yetkazishga yordam beradi.
“Aralash nikohlar guruhi vakillarini O‘zbekistonga evakuatsiya qilish imkoniyati bo‘yicha so‘rovlarga javoban elchixona ushbu shaxslar O‘zbekiston fuqarolari olib chiqib ketilganidan so‘ng, ehtimol, pullik asosda evakuatsiya qilinishi mumkinligi haqida tushuntirishlar bermoqda”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
- Polsha orqali evakuatsiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar 15-martgacha mamlakatni tark etishi kerak — TIV rasmiy vakili
- O‘zbekiston Kiyevdagi elchixonasini ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqmayapti — TI
- “Himoyalangan bunkerlarda qolish tavsiya etiladi”. TIV Ukrainaning ayrim shaharlaridan fuqarolarni evakuatsiya qilish harbiy harakatlar tugagach amalga oshirilishini ma’lum qildi