O'zb
(Ўзб)Ўзбекча
(Eng)English
Til
O'zb
(Ўзб)Ўзбекча
(Eng)English
logo
  • Mahalliy
  • Dunyo
  • Pul
  • Madaniyat
  • Layfstayl
  • Sport
  • Kolumnistlar
  • Multimedia
Menyu
Til
O'zb
(O'zb)O'zbekcha
(Ўзб)Ўзбекча
(Рус)Русский
(Eng)English
So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan Multimedia Kolumnistlar
  • Mahalliy
  • Dunyo
  • Pul
  • Madaniyat
  • Layfstayl
  • Sport
  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44
  • Google play
  • App Store
  • Telegram
DARYO
REKLAMA
IJTIMOIY TARMOQLAR
  • Instagram | Rasmiy
  • Instagram | Lifestyle
  • Instagram | Sport
  • Facebook | Rasmiy
  • OK | Rasmiy
  • YouTube
TELEGRAM-KANALLAR
  • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
  • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
  • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
  • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
  • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
  • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar
  • Toshkentda
    +7°C
    • Andijon
    • Qarshi
    • Buxoro
    • Samarqand
    • Farg‘ona
    • Sirdaryo
    • Jizzax
    • Termiz
    • Namangan
    • Toshkent
    • Navoiy
    • Toshkent vil
    • Nukus
    • Urganch
Bugun,

  • Toshkentda
    +8°C
    • Andijon
    • Qarshi
    • Buxoro
    • Samarqand
    • Farg‘ona
    • Sirdaryo
    • Jizzax
    • Termiz
    • Namangan
    • Toshkent
    • Navoiy
    • Toshkent vil
    • Nukus
    • Urganch
  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44
  • Google play
  • App Store
  • Telegram
So‘nggi yangiliklarga o‘tish
  • Bugun, 12:11
    1119
    AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
  • Bugun, 11:42
    2452
    Foto: Biz filmda ko‘rgan “Titanik”ning ichi aslida qanday ko‘rinishga ega edi?
  • Bugun, 11:26
    1355
    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” va “Flamengo”ning yarim finaldagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
  • Bugun, 11:10
    3889
    O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?
  • Bugun, 10:31
    1123
    Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
  • Bugun, 09:54
    617
    Barbi ishlab chiqaruvchisi skoliozdan aziyat chekayotgan qizlarni ruhlantiruvchi qo‘g‘irchoqni taqdim etdi
  • Bugun, 09:45
    4452
    Fyodor Yemelyanenko MMA’dagi so‘nggi jangida 1-raunddayoq nokautga uchradi
  • Bugun, 09:30
    6850
    “Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
  • Bugun, 09:25
    2824
    Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
  • Bugun, 00:22
    2770
    “Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Mahalliy
28.02.2022, 08:20
17670

O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar qildi.

Qayd etilishicha, konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlarining maqsadi va asosiy vazifalari;
  • OIV kasalligining joriy holati va mavjud muammolari;
  • OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari;
  • kutilayotgan natijalar.
Konsepsiyaning asosiy maqsadlari aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini tarqalishini kamaytirish, OIV infeksiyasining aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tarqalishining oldini olish masalasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi. Shuningdek, aholining turli qatlamlari, OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori guruhlar, OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning yaqinlari orasida tushuntirish ishlari qamrovini yanada oshirish, yoshlar, ayniqsa, o‘smirlar orasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida OIV bilan kasallangan fuqarolarga nisbatan bag‘rikenglik, insoniylik muhitini shakllantirish vazifasi ham maqsad qilib olingan. Ijtimoiy tarmoqlarda OIV infeksiyasi xavfini muntazam yoritib boruvchi alohida blog va saytlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Hujjat bilan O‘zbekistonda odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ham tasdiqlangan. U quyidagilardan iborat:

  • OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar ro‘yxati;
  • ushbu tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari;
  • bajarish muddatlari;
  • tadbirlarni moliyalashtirish manbalari;
  • mas’ul ijrochilar ro‘yxati.
“Yo‘l xaritasi”da jami 23 ta tadbir nazarda tutilgan. Ular orasida:
  • OIVning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz usullarini o‘rganish;
  • OITSga qarshi kurashda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Respublikada aholining barcha qatlami, ayniqsa, qishloq aholisining OIV infeksiyasidan xabardorlik darajasini oshirish;
  • aholi orasida OIV bilan kasallanganlarni erta aniqlash maqsadida tekshiruvlar qamrovini oshirish va boshqalar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda OITS bilan kasallanganlar soni va bu kasallik haqidagi ba’zi ma’lumotlar ochiqlangan. Qayd etilishicha, bugungi kunda respublikada 45 ming nafar odam OITS (SPID) bilan yashab kelmoqda. Ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga to‘lmagan bolalar tashkil etadi.

Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori o‘rinbosari Gulifor Normurodova 10 yillik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallikka chalingan bolalar yildan yilga kamayib borayotganini aytgan edi.

Mavzuga doir:

  • “Kasallikning birinchi yili 6 marta o‘z jonimga qasd qilishga uringanman”. OIV va OITS bemorlarining real hikoyalari
  • “Bu kasallikni yuqtirayotganlarning hammasi ham fohisha yo narkoman emas”. OIV sabab ikki bolasi va eridan ayrilgan andijonlik ayol hikoyasi

Izoh(0) Biz Telegram’da
Ulashing:
  • Telegram
  • Facebook
  • Twitter
  • Odnoklassniki
Izoh
Kirish

Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Bugun, 09:30
6850
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bugun, 09:25
2824
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Bugun, 00:22
2770
  • Daryo

    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma'lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
  • REKLAMA

  • Ijtimoiy tarmoqlar

    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube
  • Telegram-kanallar

    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

Yosh bo‘yicha cheklov

Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

Nimani qidiramiz?
Izoh qoldirish uchun quyidagi veb-servislardan foydalangan holda avtorizatsiyadan o‘tishingiz lozim:
Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

Matnda xato topdingizmi?

×

Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.