Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Pokiston hukumatlari o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim (2021-yil 15-iyulda Toshkent shahrida imzolangan) tasdiqlangan.

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar etib belgilangan.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyulida Pokiston bosh vaziri Imron Xon O‘zbekistonga tashrif buyurib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan tor va kengaytirilgan tartibda muzokaralar o‘tkazgan edi. Tashrif doirasida imzolangan 8 ta, xususan, tranzit va savdo to‘g‘risidagi hujjat almashilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Iqtisodiyot
Banklar, IT va sanoat: O‘zbekistonning eng yuqori oylik to‘langan sohalari e’lon qilindi
Mahalliy
Bo‘stonliqdagi xonadonlarning birida gaz chaqnadi