Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi hovli kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.

Foto: “E-auksion.uz”

Foto: “E-auksion.uz”

Lot auksionga harbiy sud hukmi bilan MIB bo‘limi tomonidan joylashtirilgan. 2016-yilda qurilgan hovlining maydoni 1 021,34 kvadrat metr. Umumiy maydon — 0,17 gektar.  Hovlida gaz, elektr ta’minoti va kanalizatsiya mavjud. Suv ta’minoti esa mavjud emas. 2006—2015-yillarda qurilgan hovli 2 qavat va 8 xonadan iborat.

Bundan tashqari 80 kvadrat metr maydon kadastr hujjatiga kiritilmasdan qo‘shib olingan. Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi — 17,3 mlrd so‘m. Arizalar 7-mart 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Avvalroq Toshkentda MIB tomonidan auksionga qo‘yilgan hovli boshlang‘ich bahosidan ikki barobar arzonga sotilgani haqida xabar qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova