Turkiyaning Coca Cola İçecek A. Ş. kompaniyasi Coca-Cola Bottlers Uzbekistan’ning yagona egasiga aylandi. Bu haqda kompaniya moliyaviy hisobotida aytib o‘tildi.
Coca Cola İçecek A. Ş. 2021-yilning sentabr oyida kompaniyaning 57 foizini Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan 252,2 mln dollarga sotib olgan edi.
Qolgan 43 foizni esa 2021-yilning dekabr oyida The Coca Cola Export Corporation’dan sotib oldi. Kelishuv summasi ommaga ma’lum qilinmagan.
“Biz katta muvaffaqiyatga erishdik va O‘zbekiston bozori tomonidan ulkan imkoniyatlar berilayotganidan juda xursandmiz”, — deb izoh beradi Coca Cola İçecek A. Ş.ning bosh rahbari Burak Basharir.
Coca-Cola nima uchun sotib yuborildi?
Coca-Cola Bottlers Uzbekistan kompaniyasiga 1993-yilda asos solingan. Turli vaqt mobaynida kompaniya turli odamlar tomonidan egalik qilib kelindi. Nazorat paketi 2021-yilgacha davlat qo‘lida bo‘lgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakillarining xususiylashtirish sababiga izoh berishlaricha, bozor iqtisodiyotidagi davlatga faqatgina strategik muhim kompaniyalar, masalan asl monopoliyalar tegishli bo‘lishi kerak, Coca-Cola esa ularning safiga kirmaydi.
Savdodan tushgan pullarni yirik ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni chiqarish va budjet xarajatlari uchun sarflash ko‘zda tutilmoqda.
Coca-Cola İçecek A.Ş. — 1964-yilda ochilgan, alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi turk kompaniyasi. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 11 mamlakatidagi 29 ta zavodga egalik qiladi. CCI’ning asosiy egasi Anadolu Efes (50,3 foiz) hisoblanadi.