Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida sodir bo‘layotgan voqealar genotsid ta’rifiga mos kelmaydi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.

Foto: Sinxua

Foto: Sinxua

“Genotsid — bu aniq ta’rifi bor jinoyat va bu ta’rifni xalqaro huquqqa muvofiq qo‘llash kerak. O‘ylashimcha, bu vaziyat unday emas”, — deydi Guterrish.

Uning qo‘shimcha qilishicha, BMT agarda Rossiya harbiy xizmatchilari DXR va LXRga kirsa, ularni tinchlikparvar deb hisoblamaydi.

“Agarda bir mamlakat qo‘shinlari boshqasining hududiga uning ruxsatisiz kirsa, bu xolis tinchlikparvarlik hisoblanmaydi. Ular, umuman, tinchlikparvar emas”, — deydi BMT bosh kotibi. Shuningdek, u “tinchlikparvarlik faoliyati to‘g‘risidagi tushunchalarni buzib ko‘rsatilishidan” xavotirda ekanini bildirgan.

Guterrish Rossiyani BMT nizomiga to‘liq rioya etishga chaqirgan: “BMT nizomi tamoyillari — bu a la carte menyusi emas. Unga tanlab rioya qilinmaydi. BMTga a’zo davlatlar ularning barchasini qabul qilgan va barchasida rioya qilishi shart”.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida DXR va LXR mustaqilligini e’lon qilish taklif etilganidan keyin, mamlakat fuqarolariga murojaat yo‘lladi va respublikalarning mustaqilligini tan olish haqidagi farmonni imzoladi. 22-fevral kuni Rossiya davlat dumasi va federatsiya kengashi ushbu farmonni ratifikatsiya qildi.

Shundan so‘ng, Bayden DXR va LXR mustaqilligini tan olgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar e’lon qildi. Shuningdek, Yaponiya, Kanada va Avstraliya DXR va LXRning tan olinishi sabab Rossiyaga qarshi qator sanksiyalarni joriy etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?