Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyevning “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, mart oyida haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar uchun besh kun ketma-ket dam olish kunlari bo‘ladi.

Farmonda barcha xodimlar uchun 22-mart, seshanba va 23-mart, chorshanba kunlari dam olish kuni etib belgilangan.

Haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar uchun:

  • 19-mart, shanba — dam olish kuni;
  • 20-mart, yakshanba — dam olish kuni;
  • 21-mart, dushanba — Navro‘z bayrami, dam olish kuni;
  • 22-mart, seshanba — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
  • 23-mart, chorshanba — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun bo‘ladi.
Haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa 19-mart, shanba kunini hisobga olmaganda Navro‘z bayramida 4 kun dam oladi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2022-yilgi Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi. Unga ko‘ra, umumxalq bayrami mamlakatda “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayllari shaklida keng nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar 2021-yilgi Navro‘z bayramida ketma-ket 3 kun dam olganMustaqillik bayrami va Yangi yil munosabati bilan 5 kundan dam olgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi