Turizm va sport yana alohida vazirliklarga ajratilishi xabar qilingandi. Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan tayinlovlar amalga oshirdi.
Qayd etilishicha, prezidentning tegishli farmonlari bilan Aziz Abduhakimov bosh vazirning o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga, Adham Ikramov sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.
Bundan ilgariroq ushbu ikki nomzod Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Izoh (0)