Shavkat Mirziyoyev 18-fevral kuni Toshkent aylanma yo‘li bo‘yida “boks strit” qurish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Yo‘l bo‘yida tashkil etiladigan majmuada kecha-yu kunduz ishlaydigan savdo, ovqatlanish va maishiy xizmat shoxobchalari bo‘ladi. Ularni arzon va tez qurish maqsadida yuk konteynerlaridan foydalanilmoqda.
Buning uchun 7 gektar yer ajratilishi rejalashtirilgan. Obyektlar tadbirkorlarga elektron-onlayn auksion orqali sotiladi. Ularda 500 dan ortiq ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.
Prezident Toshkent shahrida harakatlanayotgan elektrobusni ham ko‘zdan kechirgan.“Yashil” transport tizimini rivojlantirish, metropolitenning keyingi bosqichlari va tramvay yo‘nalishini belgilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.
Mavzuga doir:
- “Menga faqat chiroyli joylarni ko‘rsataman, deb urinmanglar. Yomonini ko‘rsataylik va buning ustida ishlaylik” – Shavkat Mirziyoyev
- Shavkat Mirziyoyev “Sputnik” mavzesidagi eskirgan 2 qavatli 409 ta yog‘och uy buzilib, ularning egalari yangi uy-joyga ko‘chirilishini ma’lum qildi
- “Avval mahalla raisi ertalabdan oshga borar edi, endi ularning vazifasi boshqacha bo‘lishi kerak”. Shavkat Mirziyoyev mahalla raislariga murojaat qildi
Izoh (0)