Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand shahrida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirokida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada shaharning yangi hokimi jamoatchilikka tanishtirildi, deya xabar berdi Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

Fazliddin Umarov.

Fazliddin Umarov.
Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, Samarqand shahar hokimi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Boburmirzo Oblaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Sessiyada, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Fazliddin Umarov nomzodi Samarqand shahri hokimi lavozimiga ko‘rsatilib, tasdiqlangan.

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Avvalroq Qorako‘lchilik va pillachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qarshi tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kiyevdagi bombapanohlarning 44 foizi yopiq yoki yaroqsiz ekani ma’lum qilindi
Mahalliy
Farg‘onadagi tergov hibsxonasida mahbusga tan jarohati yetkazilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Mahalliy
Toshkentda pul evaziga haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi