Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qildi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, 7-fevral kuni Xalq deputatlari Qarshi tuman kengashining navbatdagi sessiyasi chaqirilgan bo‘lib, unda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Sessiyada O‘zbekiston Qorako‘lchilik va pillachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Behzod Yusupov hokimlikka nomzod sifatida ilgari surilgan. Nomzod deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Avvalroq rasmiy manbalar tumanning sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olinganini xabar qilgan bo‘lsa, “Daryo” manbasi esa hokim prezident raisligidagi videoselektorda ishdan olinganini bildirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari