• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    “Kam pulga haydovchilarni tayyorlovchi avtomaktablar korrupsiyaga yo‘l qo‘yadi” — yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis

    So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilikka o‘qitish hamda guvohnoma berishda korrupsiya holatiga yo‘l qo‘yilayotgani, qolaversa, yo‘l-transport hodisalari ortib borayotgani keng muhokama qilinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qitish tizimi tubdan takomillashtirilishi bo‘yicha aytib o‘tdi. Davlat rahbari “koronavirusdan emas, avariyalardan ko‘p odam o‘layotganini” ta’kidladi.

    Shuningdek, endilikda haydovchilar huquqbuzarliklari uchun jarima ballari tizimi joriy etiladigan bo‘ldi. Viloyat hokimlari va ichki ishlar boshliqlariga uch oy muddatda hududlarida zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

    “Daryo” haydovchilik guvohnomasini olish tizimi va haydovchilik madaniyati haqida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Abdulaziz Obidjonov bilan suhbatlashdi.

    “Avval ‘prava’ olish uchun amaliy imtihon topshirilganda inson baho qo‘yar edi”

    Yaqinda davlat rahbari tomonidan haydovchilarni tayyorlashga, avariyalarni kamaytirishga oid videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Rostan ham bu tizimni tubdan isloh qilish vaqti kelgan edi. Chunki avtomaktablar soni bugungi kunda 1400 ga yaqin bo‘lsa, ularning hammasini sifatli, deb bo‘lmaydi. Ayrim avtomaktablarda ta’lim sifati pastligi uchun YTHlar soni ko‘payib ketdi. Prezidentimiz tomonidan muammoni bartaraf qilish uchun turli xil topshiriqlar berildi. Shu topshiriqlardan asosiysi haydovchilik guvohnomasining shaffofligini ta’minlash, ya’ni inson omili bo‘lmasdan olish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu tizim asta-sekin ishlashni boshlamoqda.

    Avval haydovchilik guvohnomasini olishda amaliy imtihon topshirilishida insonning o‘zi baho qo‘yar edi. Ya’ni o‘quvchi mashinani boshqarishiga qarab inson uni imtihondan o‘tgani yoki o‘tmaganini aniqlar edi. Endilikda esa inson aralashmaydi. Ya’ni imtihon topshirish uchun avtomashinalarga sezuvchi moslama (datchik) o‘rnatilmoqda. Moslama kompyuterdan nazoratga olinadi, birorta inson bu jarayonga aralashmaydi. Endilikda o‘qigan, mashg‘ulotlarni yaxshi o‘zlashtirgan fuqarogina bu imtihonlardan o‘tishi mumkin. Bu o‘z natijasini berish uchun ma’lum bir vaqt kerak. Hali barcha viloyatlarda imtihon oladigan markazlar ochiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Kam pulga haydovchilarni tayyorlovchi avtomaktablar korrupsiyaga yo‘l qo‘yadi”

    O‘zbekiston bo‘yicha avtomaktablarda o‘quv dasturlari bir xil. Lekin avtomaktablarda o‘qitish narxi har xil. O‘zbekistonda avtomaktablarda o‘qish uchun eng yuqori narx — 3 million so‘m, eng arzoni 700-800 ming so‘m. Arzon avtomaktablarda korrupsion holatlar bor. Har bir o‘quvchiga dasturlar bo‘yicha yuklamalar berilgan. “B” toifa uchun 52 soat amaliy mashg‘ulot o‘tkazilsa, undan 6 soat yopiq maydonda bo‘ladi. Taxminiy, 42-43 soat amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladi. Har bir soatda 15 kilometr masofa bosib o‘tilishi kerak. Bu degani bir o‘quvchi o‘qishi yakunlanganga qadar 650-680 kilometr masofa bosib o‘tadi.

    Deylik, bir guruhda 25 kishi o‘qiydi. Agarda o‘rtacha o‘qish narxini bir milliondan deb olsak, 25 million daromad bor. Shundan uchdan biri yoqilg‘iga chiqib ketadi. Qolgan pulni ikki yarim oyga bo‘lamiz. Shunda har bir insondan oyiga 300-400 ming so‘mdan avtomaktabga qoladi. Bu pulga esa avtomaktab o‘qituvchiga, avtomashina haydashni o‘rgatadigan instruktorga oylik beradi. Binoning ijara haqi va hokazo xarajatlar bor. Aslida, bir o‘quvchiga o‘rtacha 1,6 million so‘m sarflanadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, maktablar kam pulga o‘quvchini o‘qitib, qayerdan foyda ko‘rmoqda? Albatta, korrupsiya. Korrupsion holatlarni aytaman: birinchidan, 25 nafar o‘quvchidan 4-5 nafar o‘qishga kelmaydigan o‘quvchi bo‘ladi. Ular avtomaktablar tilida “qizillar” yoki majoziy ma’noda “o‘liklar” deyiladi. Ular to‘lagan miqdoridan tashqari kelmagan har bir kuni uchun yana to‘lov qiladi. Avtomaktablar o‘quvchining kelmasligi uchun taxminan 2,5-3 million so‘m taklif qiladi.

    Keyingi daromad — bir o‘quvchi bir soatda 15 kilometr masofa bosishi kerak bo‘lsa, besh-olti kilometr masofa bosadi. Bu orqali avtomaktablar kamroq yonilg‘i sarflashadi. Bundan tashqari, ichki imtihon degan narsa bor. Agarda o‘quvchi ichki imtihondan o‘ta olmasa, yakuniy imtihonga bormaydi. O‘quvchi ichki imtihondan o‘tish uchun ham pul beradi. Agarda dasturda ko‘rsatilgandek o‘quv tizimi olib borilsa, avtomaktab foyda ko‘rishi uchun kamida 1,8 milliondan yuqori summa bilan o‘qitishi kerak.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “ ‘Prava’si yo‘q fuqaro mashina haydab, YTH sodir etsa, mashina egasi ham jinoiy javobgarlikka tortiladi”

    Avtomaktablar o‘quvchilarni asosan amaliy mashg‘ulotlar vaqtida aldashadi. Masalan, avtomaktablar o‘quvchidan to‘lovni olgandan keyin amaliy mashg‘ulotlar uchun alohida to‘lovni aytishadi. Keyin o‘quvchiga u 15 kilometr masofa haydashi haqida ma’lumot berilmaydi. O‘quvchining o‘zi qancha masofa bosish kerakligini bilmaydi. Amaliy mashg‘ulotlardan so‘ng o‘quvchi mashg‘ulotda ishtirok etgani haqida imzo chekdirishadi. Instruktorlar esa o‘quvchi imzo chekkanidan keyin qancha kilometr yurgani haqida yozishadi. Yoki o‘quv jarayoni davomida umuman kilometr yozilmaydi, o‘qish tugagandan keyin instruktor o‘zi yozadi. Aslida, amaliyotda o‘quvchi 300 kilometr masofa bosgan bo‘lsa, oxirida instruktor 700 kilometr masofa bosdi, deb yozishi mumkin.

    Ko‘p holatlarda ko‘ramiz, haydovchilik guvohnomasi yo‘q insonlar qishloqlarda, mahallalarda mashina haydashni o‘rganadi. Aslida, haydovchilik guvohnomasi yo‘q fuqaro avtomashinani boshqarishi umuman mumkin emas. Fuqaro shunday holatda mashinani boshqarsa, bu borada ma’muriy javobgarlik bor. Avtomashinani boshqarishga topshirgan shaxsga ham, avtomashinani boshqargan shaxsga ham javobgarlik bor. Agarda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxs avtomashinani boshqarib, YTH sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Hattoki ota o‘z o‘g‘liga avtomashina haydashni topshirgan bo‘lib, shu holat sodir bo‘lsa, ota ham jinoiy javobgarlikka tortiladi.

    Endilikda yangi tizimda o‘quvchilarning imtihondan o‘tganligiga qarab avtomaktabga baho beriladi, ya’ni uning faoliyatiga. Endi avtomaktablarni insonlar borib tekshirmaydi, o‘quvchilarning imtihondan o‘tganligi avtomaktabga baho beriladi va shu orqali reyting joriy qilinadi. Agarda men biror avtomaktabda o‘qimoqchi bo‘lsam, internetdan ularning reytingi va narxlarini ko‘rib, o‘zimga ma’qul kelganida o‘qishim mumkin bo‘ladi. Shu reytingga qarab avtomaktablar faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi, litsenziyasi bekor qilinadi yoki umuman bu faoliyat bilan shug‘ullanmaydi. Bu orqali avtomaktab o‘z ta’lim sifatini yaxshilash uchun yaxshi pedagog qidiradi. Shuningdek, kelmay turib o‘qimoqchi bo‘lganlarni rad etadi, barcha o‘quvchilarning bilimini oshirishga intiladi.

    Avvallari nazariy imtihonlarda 10 ta savolga javob berish kerak edi, men o‘zim mutaxassis sifatida buni kam deb bilardim. Insonlarning hayotiga javobgar shaxs 10 ta savol bilan qutulmaslik kerak.

    Avvalroq O‘zbekistonda haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish bo‘yicha yangi tizim yaratilishi, O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etilishi hamda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlari tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

    16.02.2022, 11:56   Izoh (0)   22449
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ahmoqlar uchun test”: Germaniyada yo‘l harakati qoidabuzarlariga qarshi qanday kurashiladi?

    14.02.2022, 12:42

    Avtomobil old oynasi muzlab qolganida uni qanday tozalash mumkin?

    12.02.2022, 14:50

    “Eski korrupsion tizimni xohlab ko‘r-ko‘rona qilinadigan tanqidlarga xolislik bilan munosabat bildirsangiz xursand bo‘lar edik” — IIV o‘rinbosari

    03.02.2022, 18:23

    “Endi puli yoki tanish-bilishi borlar emas, faqat bilimi borlargina rulga o‘tiradi. Biz bundan boshqasiga rozi emasmiz” — IIV o‘rinbosari

    03.02.2022, 15:22

    Xitoy 2021-yilda ilk bor 2 mln donadan ortiq avtomobil eksport qildi

    02.02.2022, 19:23

    O‘zbekistonda elektromobillarni quyosh stansiyasi yordamida quvvatlovchi qurilma yaratildi

    27.01.2022, 21:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hodie mihi’dan Cras tibi’gacha: “Kalmar o‘yini”ning 3-mavsumida mualliflar tomonidan yashirilgan ishoralar

    Madaniyat | 2 iyul, 12:13

    O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi faoliyatini BAA chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 2 iyul, 12:10

    AQSHda josuslikda ayblanib Xitoyning ikki fuqarosi ushlandi

    Dunyo | 2 iyul, 12:07

    Buxoroda piyoda sabab kortej yo‘lini to‘sgan haydovchi jarimaga tortildi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 11:52

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov farzandli bo‘ldi, Munisa Rizayeva Jey Lo bilan duet aytmoqchi, Yulduz Usmonovaning jahlini chiqarishdi

    Madaniyat | 2 iyul, 11:32

    O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 11:27

    “Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashtirishga tayyorgarlik ko‘rdi” — AQSH manbalari

    Dunyo | 2 iyul, 11:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.