• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    “Ahmoqlar uchun test”: Germaniyada yo‘l harakati qoidabuzarlariga qarshi qanday kurashiladi?

    O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari sohasida jiddiy islohotlar boshlanishi kutilmoqda. 2022-yilning 10-fevral kuni prezident Samarqandga tashrifi davomida shaharda tezlikni pasaytirib, tirbandliklarni kamaytirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, tez orada poytaxt Toshkentda tezlik ko‘pi bilan 60 kilometr/soatgacha belgilanishi ham aytildi.

    Davlat rahbari 11-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektorda mamlakatda 2021-yilda 10 mingdan ziyod avariya sodir etilgani va 9 mingdan ortiq fuqaro jarohat olgani, 2,5 mingga yaqin odam (263 nafar bola) halok bo‘lgani haqida gapirdi. Bundan tashqari, qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etilishi, yo‘l harakati qoidalari ancha eskirgani va ularning xalqaro standartlar asosida yangidan ishlab chiqilishi qayd etildi.

    Ushbu voqealar fonida “Daryo” yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda ilg‘or mamlakatlardan biri — Germaniyada qoidabuzarlarga qarshi qanday kurash olib borilishi haqida ma’lumot beradi.

    Foto: Aussiedlerbote

    Foto: Aussiedlerbote
    Germaniyada yo‘l harakati qoidalarini muttasil buzuvchilariga nisbatan o‘ziga xos jazo chorasi keng tarqalgan bo‘lib, uning nomi “Idiotentest”, ya’ni “Ahmoqlar uchun test” deb nomlanadi. Agar Germaniyada ketma-ket 3 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan bo‘lsangiz, hukumat sizni “ahmoq” deb hisoblaydi va 3 oyga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qiladi. Keyin esa sizni “Idiotentest”ga yuboradi.

    Masalan, birinchi marta yo‘l harakati qoidalarini buzdingiz — shahar ichida tezlikni soatiga 20 kilometrga oshirdingiz (darvoqe, Germaniyada shahar ichida cheklangan tezlik 50 kilometr/soatni tashkil qiladi). Birinchi marta katta miqdordagi jarima bilan qutilasiz. Sizga qoidabuzarlik qayd etgan mashinangizning fotosurati xat orqali yuboriladi. Xatda to‘lanishi kerak bo‘lgan jarima miqdori ham ko‘rsatiladi.

    Germaniyada jarimalar miqdori juda katta. Nemislar qonunni buzuvchilarga nisbatan qat’iy va shafqatsiz munosabatda bo‘ladi. Masalan, shahar ichida tezlikni oshirganlik uchun belgilangan jarimalar 70 yevrodan (865 ming so‘mdan ortiq) boshlanadi. Tezlik qancha yuqori bo‘lsa, jarima miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Piyodalar yurish yo‘lagi, veloyo‘laklardan foydalanish qoidalarini buzish esa 100 yevroga  tushadi (1 million 200 ming so‘mdan ortiq).

    Shunday qilib, yo‘l harakati qoidalarining birinchi buzilishi yaxshigina summa yozilgan kvitansiyaga olib keladi. Ikkinchi qoidabuzarlik birinchisiga nisbatan kattaroq jarima bilan jazolanadi. Agar siz uchinchi marta qoida buzsangiz, u holda uzoq muddat yodingizdan chiqmaydigan sinovdan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi.

    Nemis rasmiylari agar ketma-ket uchinchi marta yo‘l harakati qoidalarini buzsangiz, sizni shunchaki “ahmoq” deb hisoblaydi. Avvaliga 3 oyga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘lasiz, bu haqda pochta orqali xabar qilinadi. Keyin esa sizdan “Idiotentest”dan o‘tish talab qilinadi. Tayyorgarliksiz testdan o‘ta olmaysiz, shuning uchun psixolog bilan 40 ta mashg‘ulotda qatnashish kerak bo‘ladi. Har bir dars bir soat davom etadi va 100 yevro turadi. Har bir darsdan so‘ng sizga dars bajarilgani va uning puli to‘langanini tasdiqlovchi muhr bosilgan hujjat beriladi. Avtomobil boshqaruvi paytida o‘zingizni qanday tutishni o‘rgatadigan barcha 40 ta darsda qatnashib, 4000 yevroni to‘laganingizdan so‘ng “Idiotentest”ga qabul qilinasiz.

    Testdan oldin o‘tilishi kerak bo‘lgan tibbiy tekshiruvlar, turli analizlar va boshqa yugur-yugurlar alohida mavzu. Bu bosqichlardan o‘tguncha qoidabuzar aniq tavbasiga tayanib bo‘ladi.

    Foto: “Germania.one”

    Foto: “Germania.one”

    Endi esa “Idiotentest” haqida. Ko‘pchilik birinchi urinishda testdan o‘ta olmaydi, chunki unda chalg‘ituvchi savollar ko‘p. Quyida “Idiotentest”da tushadigan ba’zi savollardan namunalar taqdim etiladi.

    1. Monaning otasining beshta qizi bor: Lala, Lele, Lulu va Lolo. Beshinchisining nomi nima?

    Javob: Mona.

    2. Elektrpoyezd shimoldan janubga qarab harakatlanmoqda. Shamol esa janubdan shimolga qarab esyapti. Shunda poyezddan chiqadigan tutun qaysi yo‘nalishda bo‘ladi?

    Javob: Elektrpoyezddan tutun chiqmaydi.

    3. Ikki ota va ikki o‘g‘il baliq ovlashga ketdi. Ular jami 3 ta baliq tutdi, lekin har biri uyga bittadan baliq olib keldi. Bu qanday sodir bo‘lishi mumkin?

    Javob: Baliq oviga o‘g‘il, ota va bobo borgan.

    4. Men sizga qo‘llarimni ko‘rsataman. Ularda 10 ta barmoq bor. 10 ta qo‘lda nechta barmoq bor?

    Javob: 50 ta.

    5. Ikkita samolyot Londondan Berlinga uchmoqda. Biri 1 soat-u 15 daqiqa parvoz qiladi, ikkinchisi esa 75 daqiqa. Berlinga qaysi samolyot tezroq yetib boradi?

    Javob: Ikkalasi bir vaqtda yetib boradi.

    Haydovchilik guvohnomasini qaytarib olish uchun Germaniyada ancha-muncha mablag‘, vaqt va albatta, asabni sarflash kerak bo‘ladi. Bunday choralar qoidabuzar kelasi safar rulga o‘tirishdan oldin ming marta o‘ylab, keyin qaror qabul qilishini ta’minlash uchun yo‘lga qo‘yilgan. Germaniyadagi kabi qoidabuzarlarga qarshi kurash choralari faqat korrupsiya bo‘lmagan holatlarda samara berishi allaqachon isbot talab qilmas aksiomaga aylanib bo‘lgan.

    Yoqubjon Bobojonov tayyorladi

    14.02.2022, 12:42   Izoh (0)   26866
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.