“O‘zgidromet” 2022-yilning 13–15-fevral kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 13–14-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi. Jumladan, 13-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, 25-28 metr/sekundgacha ham kuchayishi mumkin.
14-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
13-fevral Qoraqalpog‘istonda va 14-fevral respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘li hududlarda qor yog‘ish kuchli bo‘lishi mumkin.
15–17-fevralda kechasi harorat -4–7 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Izoh (0)