Fransiya COVID-19 pandemiyasi davom etayotganiga qaramay, 2-fevraldan mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq ba’zi cheklovlarni olib tashladi yoki yumshatdi. Bosh vazir Jan Kasteks bu qarorni yanada qat’iyroq sanitariya pasportlarning joriy etilishi bilan izohladi.
Le Figaro nashrining xabar berishicha, Fransiyada 2-fevraldan boshlab ko‘chalarda majburiy niqob taqish tartibi bekor qilindi. Tomoshabinlar to‘planadigan muassasalarda (stadionlar, konsert zallari va boshqalar) odamlar soniga qo‘yilgan cheklov olib tashlanadi. Bundan tashqari, masofaviy ishlash talabga emas, balki tavsiyaga aylanmoqda.
Fransiyada ilgari sanitariya pasportlari koronavirusga qarshi emlangan, kasallikdan yaqinda tuzalgan yoki PZR testlari manfiy bo‘lgan odamlar uchun amal qilgan bo‘lsa, fevral oyidan boshlab ular uchun test natijalari hisobga olinmaydi.
Qayd etilishicha, 16-fevraldan mamlakatda tungi klublar ishi tiklanadi, stadionlarda tik turib kuzatadigan joylar va raqs maydonchalarini ochishga, kinoteatrlar va jamoat transportida yegulik va ichimliklar ichishga qayta ruxsat beriladi.
1-fevral holatiga ko‘ra, Fransiyada bir kecha-kunduz davomida 416 896 kishida koronavirus aniqlangan.