• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Eshakka teskari mindirilgan qiz yoxud otasining mayitini qoyadan uloqtirgan odam — Tengiz Abduladze filmlari haqida

    “Magdananing eshagi”, “O‘gay dilbandlar”, “Men, buvim, Iliko va Illarion”, “Tazarru” kabi qisqa va to‘liq metrajli kinoasarlari bilan minglab tomoshabinlar qalbidan joy olgan rejissor Tengiz Abduladze ijodi haqida “Daryo” hikoya qiladi.

    Tengiz Abduladze xalqaro Kann kinofestivalida

    Tengiz Abduladze xalqaro Kann kinofestivalida
    Foto: Getty Images

    Gruzin va rus kinorejissori Tengiz Abduladze 1924-yil 31-yanvarda Kutaisi shahrida tug‘ilgan. 1943–1946-yillarda Shota Rustaveli nomidagi Tbilisi davlat teatr institutida tahsil olgan. 1953-yilda esa Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissorlik fakultetini tamomlagan. Shu yilining o‘zida u “Gruziya-film” kinostudiyasida rejissor sifatida ish boshlaydi. 1980-yilda SSSR Xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan.

    “Magdananing eshagi” filmi

    “Magdananing eshagi” (1955) — Tengiz Abduladzening Rezo Chxeidze bilan hamkorlikda suratga olgan birinchi (67 daqiqalik) qisqa metrajli badiiy filmi. Ungacha rejissor faqat hujjatli filmlar ustida ishlagan.

    XIX asr oxiri, Gruziya. Boy, shafqatsiz savdogar sillasi qurigan eshagini yo‘l bo‘yiga tashlab ketadi. Ammo o‘lishi tayin bo‘lgan eshakni Magdana Sesiashvili ismli kambag‘al beva ayolning bolalari — olti yoshli Mixo va uch yashar Kato topib oladi. Bolalar eshakka g‘amxo‘rlik qilib, unga Lurja (Ko‘k ko‘z) deb ism qo‘yadi.

    Lurja tez orada shaharda matsoni (gruzin va armanlarning milliy ichimligi — tah.) sotib tirikchilik qiluvchi beva ayolning tolmas yordamchisiga aylanadi. Lekin ularning quvonchi uzoqqa cho‘zilmaydi: bir kuni o‘zi tashlab ketgan eshakning tirik yurganini ko‘rgan savdogar Mitua adolatsizlik bilan ulardan jonivorni tortib oladi. Bir so‘z bilan aytganda, hamma narsani pul hal qiladigan dunyoda yaxshilik bor, lekin adolat yo‘q.

    Mazkur film 1955-yilda gruzin yozuvchisi Yekaterina Gabashvilining shu nomli hikoyasi asosida suratga olingan. Film xalqaro kino hamjamiyati tomonidan ikki marta e’tirof qilingan — u xalqaro Kann kinofestivalining qisqa metrajli filmlar tanlovining maxsus sovriniga sazovor bo‘lgan, Edinburgda o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalda esa faxriy diplomni qo‘lga kiritgan.

    “O‘gay dilbandlar” filmi

    “O‘gay dilbandlar” (1958) dramasi Abduladzening birinchi mustaqil badiiy ishi bo‘lib, “Komsomolskaya pravda” gazetasidagi ocherk asosida suratga olingan.

    Filmda Nato ismli yosh qiz onasiz o‘sayotgan aka-singilni ko‘chada tasodifan uchratib qoladi. Ularning otasi Data ko‘pincha ish bilan ovora bo‘lib, bolalariga yetarlicha e’tibor bera olmasdi. Dataning Teo ismli sevgilisi bor edi, lekin u o‘gay bolalar bilan birga yashashdan bosh tortgandi. Nato esa aka-singilning yuragidan joy oladi.

    Qizning o‘zi ham bolalarni shu qadar yoqtirib qoladiki, hatto o‘qishini tashlab, o‘z ixtiyori bilan ularga onalik qila boshlaydi. “Nato, menga ayt-chi, o‘gay farzandni sevish mumkinmi? Achinish emas, sevishning imkoni bormi?” — uzil-kesil qarorga kelishi kerak bo‘lgan vaqtda undan so‘rashadi. U esa ishonch bilan: “Ha, mumkin”, — deb javob beradi.

    Biroq hali ham o‘zining sobiq sevgilisini deb azob chekayotgan Data uni qayta uchratib qolgach, yana uning ortidan ketadi. Garchi mashuqasi buni istamasa ham, ota uning ortida poyezdga sakrab chiqib oladi va farzandlaridan voz kechadi. Yuragi qon bo‘lgan Nato ham telbaliklar qilishni istaydi, lekin uni o‘gay farzandlarga bo‘lgan muhabbat saqlab qoladi.

    “Men, buvim, Iliko va Illarion” filmi

    Rejissorning Nodar Dumbadze romani asosida suratga olingan “Men, buvim, Iliko va Illarion” (1962) kinokartinasi gruzin kinosidagi eng sevimli asarlardan biriga aylangan.

    Ezgulik va hazillarga boy filmda urushdan oldingi Gruziyadagi oddiy gruzin qishlog‘ida yashovchi o‘smir Zurikoning hayoti to‘g‘risida hikoya qilinadi. Tomoshabinlar ko‘z o‘ngida u maktabga boradi, ilk bor sevib qoladi, so‘ngra qishloqdoshlarini urushga kuzatib boradi va g‘alabani kutib oladi. Yigitcha tez orada maktabni tamomlab, o‘qishini davom ettirish uchun Tbilisiga ketadi, lekin o‘qishni bitirganidan so‘ng qishlog‘iga, birinchi muhabbati va qadrdon do‘stlari yoniga qaytib keladi.

    Shu vaqt ichida Zuriko uchun uning buvisi, shuningdek Iliko va Illarion ismli sirli do‘stlari eng yaqin va aziz insonlar bo‘lib qoladi. Aynan ularning ko‘z o‘ngida yigitcha ulg‘ayadi va hayotni taniydi.

    “Sevgilim uchun marjon” filmi

    Ahmadxon Abu-Bakarning “Serminazimga marjon” nomli qissasi asosida suratga olingan “Sevgilim uchun marjon” (1971) ishqiy komediyasi Tengiz Abduladze muallifligidagi eng yengil kinokartinalardan biri hisoblanadi.

    Asar markazida Dog‘iston qishloqlaridan birida yashovchi Bahodir Magomedov bo‘lib, u o‘sha qishloqning eng suluv qizi Serminazni o‘ziga jalb qilmoqchi bo'ladi. Serminazning Mugi urug‘idan ekanligi, Bahodirlar oilasi esa ularga nisbatan adovatli munosabatda bo‘lib kelgani vaziyatni og‘irlashtiradi. Adovat shu qadar uzoq vaqtdan beri davom etardiki, hatto aynan nimadan boshlangani ham noma’lum edi. Shunga qaramay, yigit sovchi qo‘yish uchun azaliy udumni bajaradi — bosh kiyimini qizning uyiga tashlaydi va shundan so‘ng, boshqa an’anaga ko‘ra, unga sovg‘a qidirishga ketadi.

    Uzoq va hayajonli sarguzashtlardan so‘ng Bahodir go‘zalning qo‘liga boshqa da’vogarlar qatori “marjon” tutqazadi. Oqsoqollar uni kuyovlikka eng munosib nomzod sifatida ko‘rishadi. Biroq oilalar o‘rtasidagi azaliy adovat oraga to‘g‘anoq bo‘lib turgandi. Shunda qishloqdagi eng keksa kishi nizo nimadan boshlanganini aytib, og‘ir vaziyatni yengillashtiradi. Xullas, ikki oila o‘rtasidagi kelishmovchilik yer yuzi nimaning ustida turgani haqidagi tortishuvdan keyin paydo bo‘lgandi: bir tomon uni toshbaqa ko‘tarib turganini, qarshi tomon esa u kiyik shoxlariga tayanib turganini da’vo qilgan. Yoshlar mojaro sababining ahamiyatsiz ekanini anglab, yarashadilar va turmush quradilar.

    Muhabbat haqidagi bu nozik, go‘zal va biroz “makkorona” film kassada muvaffaqiyat qozona olmagan va erishgan eng katta e’tirofi Tbilisida bo‘lib o‘tgan Butunittifoq kinofestivali mukofotiga sazovor bo‘la olgani edi, xolos. Ko‘pchilik Tengizning bu asariga jiddiy qaramay, uni ko‘ngilxushlik uchun va eng muhimi, injiq hukumat qo‘ygan senzuradan biroz dam olish maqsadida yaratilgan deb biladi.

    “Iltijo” filmi

    “Iltijo” (1967) dramasi Tengiz Abduladzening “Iltijo”, “Orzu daraxti” va “Tazarru” filmlaridan iborat trilogiyasidagi birinchi kartina hisoblanadi. Mazkur film taniqli gruzin shoiri Vaja Pshavelaning “Aluda Ketelauri” hamda “Mehmon va mezbon” poemalari asosida suratga olingan.

    Poemalarda keltirilgan falsafiy masallarda shoirning ezgulik va yovuzlikka munosabati, odamlar ustidan hukm o‘tkazishga da’vo qilayotgan yovuzlikka qarshi kurash zarurati haqida so‘z boradi. Haqiqat va ezgulik himoyachilari bo‘lgan qahramonlar o‘limi shoirni yovuzlikning yengilmasligi g‘oyasiga yetaklaydi. Kurash va judoliklardan bezgan shoir taslim bo‘ladi. Shunda uning barcha sevikli qahramonlari kelib, xevruslarga (gruzinlarning etnografik guruhi, Xevsuretiya tog‘li mintaqasining tub aholisi — tah.) xos, voz kechishni anglatuvchi an’anani ado etishadi: pivo qadahlaridagi shamlar o‘chiriladi. Shoir yovuzlik bilan kurashishdan bosh tortish qanday oqibatlargi olib kelishni ko‘rib, yana qo‘liga qurol oladi.

    Tengiz Abduladzening bu asarida rejissorlik mahoratidan tashqari yana uchta asosiy narsa ko‘zga tashlanib turadi. Birinchisi — Pshavela she’riyatining ajib sehri. Ikkinchisi — har bir kadrni chinakam san’at asariga aylantirgan operator Aleksandr Antipenko san’ati. Uchinchisi — hayratlanarli musiqa, kartinada aytilmagan barcha narsani tomoshabinga yetkazib bergan Nodar Gabuniya partiturasi.

    “Iltijo” 1973-yilda San-Remoda o‘tkazilgan kinofestivalda eng yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgan.

    “Orzu daraxti” filmi

    Rejissor trilogiyaning ikkinchi qismi hisoblangan “Orzu daraxti”da (1977) qadimiy qonunlar adolatsizligi mavzusini davom ettiradi. Ko‘plab kinotanqidchilar uni gruzin kinosining badiiy kuchi yuksak, ajoyib namunasi sifatida tilga oladi.

    Filmda Marita ismli qizning inqilobdan oldingi gruzin qishlog‘iga qaytishi va kambag‘al qishloqdoshi Gediya bilan oralarida kechgan ishqiy munosabat haqida so‘z boradi. Maritaning qarindoshlari va qishloq oqsoqoli qizni uning xohishiga qarshi boy cho‘ponga berishga qaror qiladi. Ammo to‘ydan keyin Gediya sevgilisining yoniga qaytib keladi va ular yana uchrashadi.

    Bu uchrashuvdan xabar topgan kuyovning qarindoshlari qishloq oqsoqoli boshchiligida Maritani omma oldida sazoyi qilishadi: qizni eshakka teskari mindirib, qishloqdan olib chiqishadi va loyga uloqtirishadi. Film sevishganlarning o‘limi bilan tugaydi.

    Film inqilobdan oldingi Gruziya qishlog‘idagi hayot haqida tasavvur beruvchi turli holatlar bilan boyitilgan. Buloq bo‘yidagi g‘iybatchi ayollar yuzini oqqa bo‘yab olgan Fufala ismli telba ayolni kulgi ostiga olishadi. Oqko‘ngil, biroq aqli zaif Elioz kunlarini goh hikmatli tosh, goh oltin baliq izlab o‘tkazadi, keyin esa beshta bo‘yi yetmagan qizlarini qarovsiz tashlab, sehrli daraxtni — o‘sha orzu daraxtini izlashga ketadi.

    Film Karlovi Varidagi Xalqaro kinofestivalda maxsus mukofotni, Btunittifoq kinofestivalida bosh sovrinni va Italiya prokatidagi eng yaxshi xorijiy film uchun “David di Donatello” mukofotini qo‘lga kiritgan.

    “Tazarru” filmi

    Tengiz Abduladze ijodining haqiqiy cho‘qqisi “Tazarru” (1984) kinokartinasi hisoblanadi. Bu uning so‘nggi ijodiy ishi edi.

    Sujetga ko‘ra, sobiq shahar hokimi bir shaharga dafn qilinadi. Tongda esa uning jasadi o‘g‘li Avelning hashamatli uyi yonidan topiladi. Dabdabali dafn marosimidan so‘ng bu holat, albatta, o‘ta ajablanarli ko‘rinardi.

    Bu sirli hodisa uch marta takrorlanganidan so‘ng Varlam Aravidzening qabri yaqiniga pistirma qo‘yishadi, bu ishda uning nabirasi Tornike ham ishtirok etadi. Noma’lum kishi hokimning qabriga yaqinlashib, yana uning jasadini qazib olishga chog‘langanda Tornike notanish shaxsga qarata o‘q uzadi va uni yaralaydi. Qo‘lga olish vaqtida uning Ketevan Barateli ismli ayol ekani ma’lum bo‘ladi.

    Sud jarayonida ayol o‘z oilasining barbod bo‘lishida Varlam Aravidze qanday o‘rin tutgani haqida so‘zlab beradi. Ayon bo‘lishicha, Ketevan sakkiz yoshidalik vaqtida Varlam Aravidze hokimiyat tepasiga kelgan va soxta ayblov bilan uning rassom otasini, keyin esa onasi Ninoni hibsga olgan. Bundan tashqari Varlam Aravidze davrida shaharda ommaviy siyosiy qatag‘onlar uyushtirilib, ko‘plab begunoh odamlar yostig‘i quritilgani ayon bo‘ladi.

    Bu voqealardan hayratga tushgan va zolim bobosining qilmishlarini oqlashga urinayotgan otasini tushuna olmagan Tornike o‘z joniga qasd qiladi. Shundan so‘ng Avel Aravidzening o‘zi otasining jasadini qabrdan qazib olib, qoyalar tepasidan pastga tashlab yuboradi.

    Katta qiyinchiliklar bilan ekranlarga uzatilgan ushbu kartina millionlab insonlar ongini larzaga keltirdi. Shu bilan birga, ko‘plab nufuzli mukofotlar ham haqli ravishda qo‘lga kiritildi: Maxsus Gran-Pri, FIPRЕSSI hamda Kann kinofestivalining ekumenik hay’ati sovrinlari, oltita nominatsiya bo‘yicha, shu jumladan, 1987-yilning eng yaxshi filmi uchun, “Nika” mukofoti, “Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishi bo‘yicha “Oltin globus”, Chikagodagi Xalqaro kinofestivalning maxsus sovrini, Butunittifoq kinofestivalida maxsus sovrin va Polshada yilning eng yaxshi xorijiy filmi uchun tanqidchilar mukofoti.

    “Tazarru”ning oxirgi lavhasini alohida shedevr sifatida baholash mumukin. Derazadan tashqariga boqqan Ketevan qarshisida turgan kampirga ko‘zi tushadi (afsonaviy gruzin aktrisasi Veriko Anjaparidze tomonidan ijro etilgan). “Qizim, bu yo‘l ibodatxonaga olib boradimi?” — deb so‘raydi kampir. “Bu Varlam ko‘chasi. Ibodatxonaga borib bo‘lmaydi”, — deya javob beradi ayol. “Agar Xudoning uyiga olib bormasa, bu yo‘lning nima keragi bor?” — ajablanadi kampir.

    01.02.2022, 15:56   Izoh (0)   62067
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tanada tuz miqdori oshib ketganining 5 ta yashirin belgisi

    Salomatlik | 3 iyun, 13:20

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Reklama | 3 iyun, 12:45

    Umri ayanchli yakunlangan mashhur fotografning O‘zbekiston haqidagi fotolari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:17

    iPhone narxi AQSHda ishlab chiqarilsa, 3500 dollarga oshishi mumkin — CNN

    Dunyo | 3 iyun, 13:15

    Nigeriyada harbiylar xatosi sabab 20 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 3 iyun, 13:11

    Hindiston aeroportiga yo‘lovchi 47 ta zaharli ilon olib keldi (foto)

    Dunyo | 3 iyun, 12:55

    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

    Reklama | 3 iyun, 10:30

    Yaponiyaliklar 45 soatda uy qurishni o‘rganib oldi (video)

    Arxitektura | 3 iyun, 12:45

    Pep Gvardiola: “Mavsum og‘ir bo‘ldi, lekin biz muhim vazifani bajardik”

    Sport | 3 iyun, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.