• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Armaniston prezidenti iste’foga chiqdi

    Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan iste’foga chiqdi, deyiladi davlat rahbarining saytida e’lon qilingan bayonotda.

    Armen Sarkisyan

    Armen Sarkisyan
    Foto: “NTV”

    “Men uzoq o‘yladim va to‘rt yil davomida faol ishlaganimdan so‘ng respublika prezidenti lavozimini tark etishga qaror qildim. Bu qaror zarracha hissiyotga asoslanmagan, aksincha ma’lum bir mantiqdan kelib chiqadi”, — dedi u.

    Sarkisyan 2018-yilda parlament tomonidan davlat rahbari etib saylangan edi. 2015-yildagi konstitutsiyaviy islohotlardan so‘ng mamlakat parlamentli boshqaruv shakliga o‘tdi. Yangi shaklda prezident faqat vakillik vakolatlariga ega, uning o‘zi parlament tomonidan yetti yil muddatga saylanadi. Sarkisyan — diplomat, 1996—1997-yillarda Armaniston hukumatini boshqargan, uning nomzodi o‘sha paytdagi hukmron Armaniston partiyasi fraksiyalari va uning koalitsiyadagi hamkori — so‘l millatchi “Dashnaksutyun” partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan.

    Iste’foga chiqishini e’lon qilgan prezidentning aytishicha, u davlat rahbari lavozimini egallash taklifini qabul qilgan paytda “yangi prezident instituti tashqi siyosat, iqtisodiy, sarmoyaviy siyosatga ta’sir qilish vositalariga, diaspora bilan aloqalar, shuningdek, xalqaro maydonda milliy manfaatlarni ilgari surish, yangi ilmiy va ta’lim muhitini, yuqori texnologiyali muhitni yaratish imkoniyatlariga ega bo‘ladi, deb o‘ylagan.

    Biroq u 2018-yilning bahorida “baxmal inqilob” – keyinchalik bosh vazir bo‘lgan Nikol Pashinyan boshchiligidagi hukumatga qarshi namoyishlar bo‘lganini eslaydi. Ommaviy noroziliklarga sobiq prezident Serj Sarkisyanning Vazirlar Mahkamasi rahbari lavozimiga ko‘rsatilishi sabab bo‘lgan.

    Nega 2018-yilda bu lavozimni tark etmagani haqidagi savolga javob berar ekan, Armen Sarkisyan buning “javobi aniq”, deydi: u respublika prezidenti sifatida mamlakatdagi voqealar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

    “Ichki bo‘linish, o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlar yanada chuqurlashmasligi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga majbur edim. Ko‘p yillik mehnatim natijasida qo‘lga kiritilgan obro‘-e’tibor va aloqalardan foydalanishga, xalqaro siyosiy va iqtisodiy salohiyatimni kuchli, barqaror davlat barpo etish yo‘lida ishga solishga harakat qildim”, — dedi u.

    Aslida esa prezidentda o‘z mamlakatiga yordam beradigan konstitutsiyaviy vositalar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi, deya ta’kidladi Sarkisyan. “Respublikada paradoksal vaziyat yuzaga keldi, prezident davlatchilikning kafolati bo‘lishi lozim, ammo aslida u hech qanday vositaga ega emas”, — deya tushuntirdi u. Xususan, davlat rahbari “urush yoki tinchlik masalalariga”, o‘zi nomaqbul deb hisoblagan veto qonunlariga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Shu bilan birga, uning fikricha, “prezidentning imkoniyatlari” turli siyosiy kuchlar tomonidan “ustunlik” sifatida emas, balki “tahdid” sifatida qabul qilinadi.

    “Bu shunday haqiqatki, unda prezident o‘z salohiyatining katta qismini tizimli ichki va tashqi siyosiy muammolarni hal qilish uchun ishlata olmaydi”, — dedi Sarkisyan. U mulohazali va o‘ylangan qarorlar qabul qilishga chaqirib, aks holda armanlar “tarix chetida” qolishini aytdi. “Endi xato qilishga haqqimiz yo‘q!” — deya xulosa qildi u.

    Armaniston Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident Milliy Assambleya – parlament tomonidan yetti yil muddatga saylanadi. Bir shaxs faqat bir marta saylanishi mumkin. Davlat rahbari asosiy qonunga rioya etilishini nazorat qiladi va quyidagi vakolatlarga ega:

    • hukumatning taklifiga binoan xalqaro shartnomalar tuzadi;
    • bosh vazirning taklifiga binoan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlaydi va chaqirib oladi;
    • armiyaning oliy qo‘mondonlik shtabini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
    • bosh vazirning taklifiga binoan oliy harbiy unvonlarni beradi;
    • fuqarolik, afv etish va boshqalar masalalarini hal qiladi.
    Armaniston prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylov 25 kundan kechiktirmay o‘tkaziladi. Davlat rahbari lavozimidan chetlashtirilgan, vakolatlarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan, iste’foga chiqqan yoki vafot etgan taqdirda esa saylovlar 35 kundan kechiktirmay o‘tkaziladi. Davlat rahbari iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizani Milliy Assambleyaga taqdim etadi.

    Mavzuga doir:

    • Germaniya harbiy-dengiz kuchlarining rahbari Qrim haqidagi gaplaridan keyin iste’foga chiqdi
    • Avstriya sobiq kansleri Sebastyan Kurs siyosatdan butunlay ketishga qaror qildi. U oktabrda korrupsiyada ayblanib iste’foga chiqqandi
    • Shvetsiyaning birinchi ayol bosh vaziri lavozimiga saylanganidan 7 soat o‘tib iste’foga chiqdi

    23.01.2022, 22:47   Izoh (0)   27643
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniya TIV Kreml Ukrainada rossiyaparast siyosatchini hokimiyatga keltirmoqchiligi haqida bayonot berdi. Moskva bunga javoban provokatsiyani bas qilishni so‘rad...

    23.01.2022, 20:47

    Ramzan Qodirov tomonidan oilasiga tahdid qilingan chechenistonlik sudya Rossiyani tark etdi. Uning o‘g‘li Putinni “Checheniston rahbarini almashtirishga” chaqirdi

    23.01.2022, 19:17

    Bezos o‘limga qarshi dori ishlab chiqishga 3 mlrd dollar sarmoya kiritdi

    23.01.2022, 18:16

    Tongada vulqon otilishi hodisa joyidan 10 ming kilometr uzoqlikdagi Peru sohillarida neftning to‘kilishiga olib keldi. Peru plyajlari hozir shunday ko‘rinishda (fo...

    23.01.2022, 17:15

    Rossiyada birinchi marta koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 60 mingdan oshib ketdi

    23.01.2022, 16:18

    Keniyadagi qo‘riqxonada kamyob egizak fillar dunyoga keldi (foto)

    23.01.2022, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.