• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev Yulduz Usmonovadan “Xasta bo‘lma” she’ri uchun 3 yildan buyon qalam haqini ololmayotgani haqida so‘zlab berdi (video)

    Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Xasta bo‘lma” hamda “Sevgi izhori” qo‘shiqlari matni muallifi hisoblanadi. Yulduz Usmonova “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘i matniga qalam haqi sifatida shoirning she’riy to‘plami chop etilishiga ko‘maklashishga va’da bergan. Biroq Yo‘lchi Ro‘ziyev bir necha yillardan buyon san’atkordan she’ri uchun qalam haqini ololmayapti. Bu haqda u “Human.uz” nashriga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

     

    2016-yilda ‘Xasta bo‘lma’ deb nomlangan she’r yozganman. She’rni 2018-yilda Yulduz Usmonovaning ma’murlariga berganman. 2018-yilning fevral oyida xonandaning ma’murlari menga qo‘ng‘iroq qilib, Yulduz Usmonova she’ringizni qo‘shiq qilyapti, rozimisiz, deb so‘rashgan. Gonorar konsertdan keyin yoki keyinroq beriladi, deyishdi.

    Oradan oylar va qarangki, yil ham o‘tib, 2020-yil ‘Sevimli’ telekanalida ‘Sevimli Yulduz’ loyihasining yangi yil sonida shu qo‘shiqni kuylashdan oldin primadonnamiz, xalqimizning sevimli yulduzi — Yulduz Usmonova tomonidan ‘hozir e’tiboringizga bir qo‘shiqni havola qilmoqchiman. Judayam eski she’r, muallifi ham o‘tib ketgan bo‘lsa kerak, bir yigit, yoshi kattaroq erkak ayoliga bag‘ishlab yozgan ekan, agar muallifi topilib qolsa, hidlab-hidlab o‘pardim’ deb, shu qo‘shiq kuylangan. Qizig‘i shundaki, bu qo‘shiqning muallifi ekanligimni Yulduz Usmonovaning 2018-yilgi konsert dasturini audio va video jamlanma holatida tarixga muhrlagan ‘Ohang media’ tashkiloti tomonidan men, ya’ni ‘Xasta bo‘lma’ qo‘shig‘i muallifi Yo‘lchi Ro‘ziyev ekanligim yaqqol ko‘rsatilgan edi.Xullas, 2020-yilnig 1-yanvar kunining o‘zida Yulduz Usmonovaning adminstratorlariga murojaat qilganimda tayinli javob ololmadim. Ertasi kuni chamasi kunduz soat 11:00 larda Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtoqlari va prodyuserlari Mansur Agaliyev telefon qilib, ko‘rishib gaplashib olishimiz lozimligini aytdi. Ular aytgan manzil Navro‘z tantanalar uyida ekan, ofisda ko‘rishdik va ular menga sizni rozi qilishimiz kerak, Yulduz opangiz aytdi, kitobingizni chiqarib beramiz, mana opangiz bilan gaplashing, deb telefon qildi va telefon orqali gaplashdik. Shundan keyin Yulduz Usmonovaning uylariga Mansur Agaliyev bilan bordik, Yulduz opa bilan ko‘rishdik. Shaxsan Yulduz Usmonovaning o‘zlari she’rlaringiz ko‘pmi, kitob chiqarmaysizmi, dedi. Ko‘p dedim, keyinroq kichikroq mablag‘ topsam, chiqararman deganimda opa aytdilarki, nega keyinroq, to‘plab, 500 betli qattiq muqovada chiqaring, mana men homiylik qilaman, buyog‘ini mana Mansur akangiz bilan gaplashaverasiz, men bu qo‘shiqning orqasidan 100 millionlab pul topganman, millionlab odamlarning rahmatini eshitganman, sizga rahmat, dedilar, sizdagi samimiylik hammada ham yo‘q,  dedilar. Shundan keyin Mansur aka o‘zim bosh-qosh bo‘laman, kitobni chiqaramiz, dedi.

    2020-yil 9-yanvar kuni Yulduz Usmonovaning musiqiy rahbari O‘tkir aka telefon qilib, ‘Sevgi izhori’ nomli she’ringiz bor ekan, opa shuni qo‘shiq qilyaptilar, aytib qo‘yishimni aytdilar, gonorari beriladi dedi. O‘yladimki, ‘Xasta bo‘lma’ va ‘Sevgi izhori’ she’rlarimga o‘zlari kiritgan taklif — kitob chiqarib berishsa kerak, deb. Shundan keyin Mansur Agaliyev bilan kitob chiqarish masalasida bir necha bor uchrashdim, oldin kitobni konsertgacha chiqarib, ‘Xalqlar do‘stligi’ san’at saroyida muxlislar kirish yo‘lagida taqdim qilamiz, deyishdi. Keyin hozir ish ko‘p deb, Nosir aka bilan kitob chiqarish masalasida uchrashishimni aytdi. Xullas, Nosir aka nashriyot bilan gaplashdim dedi, Mansur qimmat deb aytdi dedilar. Mansur aka bilan gaplashsam, 20 million deyaptikan, 10 millionligidan toping, dedi. Unaqa narxda katta hajmdagi kitobni hech bir nashriyot chiqarmas ekan desam, keyin gaplashamiz dedi. Shundan keyin bu masala ochiqligicha qoldi.

    Yulduz Usmonovaning uylariga 50 martacha bordim. Har gal borganimda ularning hech biri bilan qorovullar hamda Otabek Shams uchrashtirishga yo‘l qo‘ymadi yoki buyruq shunday bo‘lgan, buyog‘i Allohga ayon. Oxiri yana musiqa rahbari O‘tkir akaga telefon qilganimda konsertdan keyin, dedi. Konsertdan keyin bir necha yuz bora telefon qildim, Mansur aka ko‘tarmaydilar. Yulduz Usmonovaning uylariga, yolg‘on emas, kamida o‘n marotaba bordim, uyda yo‘q, kayfiyatlari yo‘q, keyin keling, Mansur akani so‘rasam, yo‘q. Xullas, mana shunaqa gaplar. Balki bu holatlardan Yulduz Usmonova bexabardir. Opaga boradigan barcha yo‘llarni uning yonidagi jamoa to‘sayotgan bo‘lishi mumkin.

    Yo‘lchi Ro‘ziyev, shoir

    Mavzuga doir: Yulduz Usmonova ”Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ini Ravshan Sobirov bilan birga ijro etdi (video)

    13.08.2021, 17:09   Izoh (0)   66201
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Duradgor, ofitsiant, sportchi. Katta ekranga chiqishdan oldin har qanday ish bilan shug‘ullangan Bollivud aktyorlari

    13.08.2021, 14:40

    Turk kinosi yangiliklari: O‘zjan Deniz yangi serial suratga oladi, Didem Balchin “Hukmdor Usmon”ning uchinchi mavsumida ishtirok etadi (foto)

    13.08.2021, 11:58

    “Muhtasham yuz yil” serialida Afifa Xotun rolini ijro etgan turk aktrisasi miya saratonidan vafot etdi

    13.08.2021, 08:54

    Instagram: Munisa Rizayeva Dubaydan uy sotib oldi, to‘ylarda tekinga xizmat qila olmaydigan Yulduz Usmonova, Aziz Rametovning “To‘y”i

    12.08.2021, 22:22

    34 nafar qizni asrab olgan hamda 41 yoshida baxtini topgan Bollivud yulduzi Priti Zinta haqida qiziqarli faktlar (foto)

    12.08.2021, 16:41

    Qirolicha Yelizaveta II tomonidan Vindzorlarga hadya qilingan hashamatli uylar (foto)

    12.08.2021, 14:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.