Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Elche” va “Real” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 20-yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning asosiy daqiqalarida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda madridliklar himoyachisi Marselo qizil kartochka oldi. 103-daqiqada Gonsalo Verdu mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 108-daqiqada Isko muvozanatni tikladi. 115-daqiqada Eden Azar gol urib, “Real”ning g‘alabasini ta’minladi.
Ushbu g‘alabadan keyin Karlo Anchelotti shogirdlari chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ispaniya Kubogi
1/8 final
20-yanvar, payshanba
“Elche” – “Real” 1:2
Gollar: 1:0 – 103 Verdu, 1:1 – 108 Isko, 1:2 – 115 Azar“Elche”: Verner, Palasios, Diego Gonsales, Donald (Verdu, 87), Mohika, Xosan (Morente, 66), Fidel, Gumbau, Guti, Lukas Peres (Milya, 79), Karrilyo (Friasa, 95).
“Real Madrid”: Lunin, Alaba, Nacho, Marselo, Kroos (Sebalyos, 90), Valverde (Modrich, 72), Kamavinga (Kazemiro, 72), Vaskes, Yovich (Isko, 79), Vinisius Junior (Mendi, 118), Rodrigo (Azar, 90).
Ogohlantirishlar: Kroos (78), Kazemiro (87), Milya (87), Alaba (94).
Chetlatish: Marselo (102), Pere Milya (120+2).
Izoh (0)