• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Suv toshqinlari va aholining ko‘chirilishi: Indoneziya poytaxti nima uchun boshqa orolga ko‘chirilmoqda?

    Aholisi yiliga 22 kunni tirbandliklarda o‘tkazadigan shahar – Jakarta bir necha o‘n yilliklardan keyin suv ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin.

    Jakarta hududlaridan birining ko‘rinishi.

    Jakarta hududlaridan birining ko‘rinishi.
    Foto: Ilya Varlamov

    17-yanvarda Indoneziya hukumati 2024-yilga borib mamlakat poytaxti Jakartadan janubi-sharqdagi Kalimantan oroliga ko‘chirilishini e’lon qildi. Yangi poytaxt Nusantara so‘zi arxipelag, ya’ni orollar majmuyi ma’nosini beradi. Barcha zarur o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun budjetdan 32,5 milliard dollar ajratish rejalashtirilgan.

    Yangi poytaxt Yavan dengizidagi boshqa bir orolda bo‘ladiIndoneziyaning yangi poytaxti sharqiy qismlari Malayziya va Bruneyga ham tegishli bo‘lgan Kalimantan orolida joylashgan. Kalimantanning boshqa bir nomi Borneo va butun dunyodagi eng katta orollar orasida uchinchi o‘rinda turadi, maydoni – 743 ming kvadrat kilometr.

    Indoneziya prezidenti Joko Vidodo poytaxtni ko‘chirish bo‘yicha reja taqdimotida ushbu hududning bejiz tanlamaganini qayd etdi. Kalimantan zilzilalar, sunami, vulqon otilishlari va boshqa tabiiy ofatlar xavfidan nisbatan xoli orol.

    Bu boradagi ustunliklar shuning o‘zi bilan tugamaydi: Jakartadan orolgacha samolyotda ikki soatlik yo‘l. Orol yaqinida Samarinda shahri (Sharqiy Kalimantan provinsiyasining ma’muriy markazi) va Balikpapan port shahri joylashgan.

    Strategik jihatdan orol juda qulay joylashuvga ega – u Indoneziya markazida va boshqa shaharlarga yaqin. Jakartada vaziyat ancha og‘ir, sababi shahar ham ma’muriy, biznes, moliyaviy va savdo markazi.

    Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti
    Aholi sonining ortib borishi va shaharning suv ostida qolayotgani poytaxtning boshqa hududga ko‘chirilishining eng asosiy sabablaridan
    • Jakartada 10,5 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi, bir qator yo‘ldosh-shaharlarga ega Jabodetabek arealining aholisi 30 milliondan oshadi. Bu butun dunyodagi eng katta aglomeratsiyalardan biri. Oxford Economics ilmiy-tadqiqot instituti prognozlariga ko‘ra 2030-yilga borib Jakarta 37 million aholi bilan eng ko‘p odamlar yashaydigan shaharga aylanishi mumkin.
    • Shuningdek, Jakarta dunyo bo‘yicha juda tez suv ostiga kirib borayotgan shaharlardan hisoblanadi. Mamlakat hukumati poytaxtning yangi joyga ko‘chirilishi ekologik yuklamani kamaytirishiga umid qilmoqda.
    • Prognozlar bo‘yicha 30 yildan keyin shahar markazi suvga to‘liq cho‘kadi. Uni qutqarib qolishning yagona yo‘li o‘ta ulkan dengiz devorini qurish.
    • Olimlar Jakartaning suv ostiga cho‘kib borayotganining asosiy sabablaridan biri shaharning dengiz va 13 ta daryo yaqinida botqoqlik ustiga bunyod qilingani, ularning shahar tagidan oqib o‘tishi bilan izohlagan. Mazkur bir nechta omil tufayli megapolisda yomg‘irlardan keyin muntazam ravishda suv toshqinlari yuz beradi.

    Foto: The Guardian
    • Indoneziya hukumati, shuningdek, Jakarta joylashgan Yava orolidagi yuklamalarni ham kamaytirmoqchi. Uber hamda Boston Consulting Group tahlillariga ko‘ra, Jakartada haydovchilar yilning 22 kunini tirbandliklarda o‘tkazadi.
    • Hozirda Yava orolida 145 millionlik mamlakat aholisining 60 foizi yashaydi. Shuning uchun ham poytaxtda doimiy ravishda tirbandliklar kuzatiladi, hukumat aholini boshqa hududga ko‘chirish orqali mazkur muammolardan qutulmoqchi.

    Indoneziya poytaxtida aholi yomg‘irlar tufayli kuzatilgan toshqinlardan aziyat chekkan.

    Indoneziya poytaxtida aholi yomg‘irlar tufayli kuzatilgan toshqinlardan aziyat chekkan.
    Foto: AP Photo

    Shuningdek, Indoneziya hukumati mamlakatda ijtimoiy tengsizlik va qashshoqlik darajasini kamaytirishni rejalashtirgan. Chunki davlat iqtisodiyotining asosiy qismi ham Jakartada, ishlab chiqarishni boshqa yerga ko‘chirish yangi ish o‘rinlari yaratilishi va xodimlar yashash sharoitlarining yaxshilanishiga olib keladi. Hukumat va ma’muriy boshqaruv tizimi ham Kalimantan oroliga ko‘chiriladi, lekin Jakarta baribir mamlakatning tijorat hamda moliya markazi bo‘lib qolaveradi.

    Mahalliy aholi va ekologiya faollarida poytaxtning ko‘chirilishidan xavotirlar borYangi poytaxtni shakllantirish uchun hukumat 256 ming gektar maydonni tayyorlab qo‘ygan. Atrof-muhit himoyachilari aholini yangi hududga ko‘chirish ifloslantirish darajasini oshirishi, orangutanlar, malay ayiqlari va uzunburun maymunlar yashaydigan tropik o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishidan xavotirda. Indoneziya hukumati bu kabi tanqidlarga javoban yangi shahar qurilishi ekotizimga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlagan.

    Kalimantan orolidagi qo‘riqxona xodimlari orangutanlarni ko‘rikdan o‘tkazmoqda

    Kalimantan orolidagi qo‘riqxona xodimlari orangutanlarni ko‘rikdan o‘tkazmoqda
    Foto: The Jakarta Post

    Kalimantandagi tub aholi ham ko‘plab qishloqlar va aholi punktlari yo‘q bo‘lib ketishini qayd etgan. Ko‘p qavatli uylar va ma’muriy binolar qurilishi qishloqlardagi oqsoqollar barpo ergan xonadonlarning buzilishiga sabab bo‘ladi, keksalarning asosiy ishi mevalar sotish, yangi poytaxtda bu ishni qilish zarurati mavjud emas.

    20.01.2022, 07:46   Izoh (0)   32368
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pashinyan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudida Armanistonga qarshi ishda yutib chiqdi

    19.01.2022, 21:27

    AQShda Tesla haydovchisi birinchi bor avtopilot ishtirok etgan va o‘lim bilan yakunlangan YTH uchun sud oldida javob beradi

    19.01.2022, 20:54

    Erdo‘g‘on Putin va Zelenskiyni “ixtiloflarni bartaraf etish uchun” Turkiyaga taklif qildi. Kreml taklifni rad etdi

    19.01.2022, 18:51

    AQSh BMT Xavfsizlik kengashini KXDRning raketa uchirishlarini ko‘rib chiqishga chaqirdi

    19.01.2022, 18:11

    Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti Ryanair’ning Minskga favqulodda qo‘ndirilishi bo‘yicha hisobot tayyorladi. Unda Belarus hukumatining ko‘rsatmalarida asoss...

    19.01.2022, 17:21

    Madagaskarda suv toshqinlari tufayli 10 kishi halok bo‘ldi (foto)

    19.01.2022, 17:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.