• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Vatanga qaytmasligim sababi pul bilan bog‘liq emas”. 6 yildan buyon Rossiyada ishlayotgan farg‘onalik muhojir yigit hikoyasi

    “Daryo” “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning hayotini yoritishda davom etadi. Bu galgi qahramonimiz — olti yildan buyon Rossiyada ishlayotgan Javohirbek Yodgoraliyev.

    Javohirbek Yodgoraliyev 26 yoshda. Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Tumandagi iqtisodiyot kollejini tamomlagan. 

    Foto: Javohirbek Yodgoraliyevning shaxsiy arxividan

    Foto: Javohirbek Yodgoraliyevning shaxsiy arxividan

    2014-yil tumandagi kasb-hunar kollejini tamomlab, universitetga hujjat topshirdim — kirolmadim. Qishloqda bekor yurmaslik uchun qarindoshlarim bilan chetga ketdim.

    Birinchi manzilim — Qozog‘iston bo‘ldi. Bir korxonada elektr payvandchi bo‘lib ishladim. Ishim davomida til o‘rgandim, qozoq birodarlardan tanishlar orttirdim. Ammo ish juda og‘ir edi. Bir yarim oy o‘tmay hammamiz ortga qaytdik.

    Ota-onam Rossiyaga ketishimga qarshi bo‘ldi

    Uyga qaytib, odatdagiday dala ishlarini qilib yuraverdim. Sovuq tushib, yumushlar kamaygan, bekorchilikdan zerika boshladim.

    Bir tanishim Moskvadagi chiqindini qayta ishlash zavodida ish bor, dedi. U yerdagi ishchilar katta-katta oylik olishi, shart-sharoitlari ham zo‘rligini aytib, meni ko‘ndirdi. Lekin ota-onam ketishimga, aniqrog‘i, yolg‘iz o‘g‘lining allaqanday chiqindixonada ishlashiga qarshi bo‘ldi. Lekin gapimda qat’iy turaverdim. Oxiri chiptaga pul topib, oktabrdayoq Moskvaga uchib ketdik.

    Meni aldaganlarning bari o‘zbekistonliklar edi....

    Kechasi soat 10:00 larda Moskvaga qo‘ndik. Havo harorati chamasi -6 daraja sovuq edi. O‘rtadagi vositachining shaxsiy haydovchisi bor ekan. Aeroportda bizni kutib olib, ish joyigacha eltib qo‘ydi.

    Borganimiz zahoti pasportlarimizni yig‘ishtirib olishdi. Bilsak, noqonuniy ish joyi ekan. Shart-sharoitlari ta’riflagandan battar edi. Yigitlarning gapi bilan elchixonaga telefon qildim. Hech kim ko‘tarmadi. Aslida u yerga telefonda bog‘lanish tugul, eshigi oldiga borib ham kirolmaysiz.

    Umuman olganda, Rossiyada aldanib qolish o‘ta tabiiy hol ekan. Nachora, inson hammasiga ko‘nikadi. Ertasidan ishga tushdik. Shahardan tonna-tonna chiqindilar olib kelinardi. Ishimiz ularni saralash edi. Ba’zilarga omad kulib, tilla buyumlar, telefon va kompyuter topib olardi. Katta miqdorda pul chiqqanini ham eshitganman. Boshliqlar ko‘z olaytirishar, lekin olib qo‘yishmasdi. Kim nima topsa, bari yoniga qolardi. Afsuski, men bilan bunday baxtli hodisa sodir bo‘lmadi.

    Uch oy deganda arzimagan pul bilan pasportimni qo‘limga berishdi. Ungacha juda ko‘p qiyinchiliklar ko‘rdim. Meni eng xafa qiladigani, aldaganlarning bari o‘zbeklar — yurtdoshlar edi.

    Foto: Javohirbek Yodgoraliyevning shaxsiy arxividan

    Foto: Javohirbek Yodgoraliyevning shaxsiy arxividan

    Pasportimni olganimdan keyin hech qayerga murojaat qilmadim, aniqrog‘i, qilolmasdim. Chunki bu ko‘cha qoidalariga to‘g‘ri kelmasdi. Krasnodarga ish qidirib bordim. Ko‘p o‘tmay turklarning qurilish firmasidan ish topdim.

    Dastlab armatura to‘quvchi, betonchi, keyinroq qolipchi, kranga yuklarni ortib beruvchi va undagi yuklarni tushiruvchi (stropalshik), panoramali ballonlarda oyna (deraza) o‘rnatuvchi, xullas, juda ko‘p vazifalarda ishladim. Oyligim ham shunga yarasha edi. Oyiga 2 000 dollardan 4 000  dollargacha daromad topardim. Krasnodarda to‘rt yil ishlab, hatto o‘qishgayam kirdim.

    Pandemiya tufayli o‘qishimni O‘zbekistonga ko‘chirolmadim

    2018-yili Admiral Fyodor Fyodorovich Ushakov nomidagi davlat dengiz universiteti Boshqaruv va iqtisodiyot fakultetining sirtqi yo‘nalishiga o‘qishga kirdim. Ikkinchi bosqichni tamomlab, o‘qishimni O‘zbekistonga ko‘chirmoqchi bo‘ldim. Bu fikr qayerdan xayolimga keldi, bilmayman.

    2020-yil ayni karantin payti Oliy ta’lim vazirligining elektron tizimiga o‘qishimni Farg‘ona davlat universitetiga ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza topshirdim. 2-sentabrda elektron pochtamga 5-sentabr kuni soat 8:00 da Farg‘ona politexnika institutida imtihon topshirishim haqida xabar keldi.

    Uch kun ichida Farg‘onaga yetib borolmasligim aniq edi. Chunki O‘zbekiston yopiq, faqatgina charter reyslar qo‘yilgandi. Elchixonadagilar esa aviachiptalarni ochiqdan ochiq falon dollarga sotishardi. Men ololmadim.

    O‘zbekistondagi “Transfer.edu.uz” elektron tizimiga bog‘lanib, vaziyatimni tushuntirganimda bir xodim: “Men oddiy operatorman. Qo‘limdan hech narsa kelmaydi”, deb aloqani uzib qo‘ydi.

    Tijoriy charter reyslar qo‘yilgach, zo‘rg‘a 23-sentabrga bilet olib, O‘zbekistonga uchdim. Samolyot Buxoroga qo‘ndi. U yerda mutasaddilar 14 kun davomida uyda karantinda o‘tirishim, agar bunga amal qilmasam, eng kam oylik ish haqining 21 baravari miqdorida jarima to‘lashga roziligim haqida tilxat yozdirib olishdi. Xullas, imtihonga ulgurmadim, qaytishga esa yo‘l yopiq. Ruschasiga aytganda “kasha”. Eslashni ham xohlamayman.

    Keyin tezda ortga qaytishga harakat qildim. Chunki O‘zbekiston avvalgidan battar “Otangga bor — onaga bor” bo‘lib yotgandi.

    Falokat oyoq ostidan chiqsa, yomon ekan...

    2021-yil iyun oyida yana Rossiyaga qaytdim. Universitetga ariza berib, o‘qishimni qayta davom ettirishim mumkin edi, lekin xohlamadim.

    Taqdir taqozosi bilan aylanib-aylanib, Chuvashiya Respublikasiga kelib qoldim. Avval taksichilik qilib, yaxshi pul topdim.

    Afsuski, ko‘p o‘tmay avtohalokatga uchradim. Bir sutka uxlamay, mashina boshqargandim. Svetoforning qizilida o‘tib, bir mashinani urib yubordim. Ayb o‘zimda edi. Falokat oyoq ostidan chiqsa, yomon ekan... Mashinani tuzatib berishga yonimda pulim deyarli yo‘q, endi ko‘proq ishlashimga to‘g‘ri kelardi. Tanish-bilishlarning yordami bilan Yurma zavodiga ishga joylashdim.

    Foto: Javohirbek Yodgoraliyevning shaxsiy arxividan

    Foto: Javohirbek Yodgoraliyevning shaxsiy arxividan

    Bekor o‘tirishni yomon ko‘raman

    Hozir fabrikada parranda go‘shtini qayta ishlash va qadoqlash bilan shug‘ullanamiz. Mehnat sharoiti Rossiya Mehnat kodeksiga muvofiq, lekin ish og‘ir, hamma ham chidab ketishi qiyin. Kuniga 12 soatlik rejimda ishlaymiz. Orada tushlik qilishga yarim soat vaqt beriladi.

    Mehnat sharoitlari yaxshi, tushligi tekin, ish joyigacha avtobusda eltib qo‘yish xizmati bor.

    Haftada 6/1 grafigi asosida ishlaymiz. Bo‘sh o‘tirishni yomon ko‘raman. Shuning uchun bir oyda ikki kun dam olishim mumkin. Boshqa kunlari tinimsiz ish. Har o‘n kunda bir maosh beriladi. Oyligim 500 dollar atrofida. Bundan tashqari yana qo‘shimcha ishlarim ham bor. Masalan, Telegram’da aviachiptalar sotaman. Bo‘sh vaqtlarimda kirakashlik qilaman. Xullas, iloji boricha ko‘proq ishlab, kattaroq daromad topishga intilaman.

    Yashash joyimga kelsak, ishxona har bir ishchisini turar joy bilan ta’minlaydi. Ammo yotoqxonalarning sharoiti yaxshi bo‘lavermaydi. Shuning uchun ukalarim bilan o‘zimiz ijaraga kvartira olganmiz. Yangi ta’mirdan chiqqan, sharoitlar a’lo, birinchi qavatda, panoramali balkoni bor uy. Oyiga har birimizga 100 dollardan ham tushmaydi. Eng muhimi, o‘zimiz xohlaganday yashaymiz, hech kim xo‘jayinmas.

    O‘zbeklarga faqat og‘ir mehnat sharoitlaridagi ish bor

    Umuman olganda, Rossiyaning barcha hududida o‘zbeklar ko‘p. Shu qatori men hozir ishlayotgan Cheboksar shahrida ham. Ularning aksariyati talabalar, o‘qishga kelishgan. Darsdan bo‘sh paytlari ishlashadi.

    Menimcha, muhojirlarga asosan ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, qurilish kabi og‘ir mehnat sharoitlaridagina talab bor. Chunki Rossiyada ishchi qatlam, asosan, alkogol ishqibozlari, sobiq mahbuslar yoki hayotda o‘rnini yo‘qotganlardan tashkil topgan. Masalan, ichuvchi ishga kirgach, qo‘liga pul tushishi bilan ichib, yo‘qolib ketadi. O‘g‘rini ishga olsa, bor-budidan ayriladi. Noiloj avvaliga o‘zbek yoki boshqa millat muhojirlari xizmatidan foydalanishadi.

    Xorijda ishlash jarayonida hech kimning yordamiga muhtoj bo‘lmaganman. Rus tilida maqtansam arzigulik darajada gaplasha olaman, undan tashqari turk tilini ham bilaman.

    Elchixonaga ishim tushishidan esa Xudo asrasin. Tashkilot hech qachon ishlamagan, hech kimga foydasi tegmagan. Bundan keyin ham shundayligicha qoladi! 10 ballik shkaladan ularga nol ball qo‘yaman!

    Foto: Javohirbek Yodgoraliyevning shaxsiy arxividan

    Foto: Javohirbek Yodgoraliyevning shaxsiy arxividan

    Vatanga qaytmasligim sababi pul bilan bog‘liq emas

    Oilamiz uncha katta emas: ota-onam, singlim va men. Singlim turmushga chiqib ketgan. O‘zim bu yil uylanish niyatidaman. Ota-onam hech qayerda ishlashmaydi. 13 sotix yerimiz bor, shundan to‘rt sotixi issiqxona. Uyda dehqonchilik bilan shug‘ullanishadi.

    O‘zbekistonda yashash qiyin deyishadi. Lekin men bor qiyinchilikni vatanimda emas, shu yerda ko‘rdim. Olti yil davomida ishlamagan, bosh suqmagan joyim qolmadi. Xudoga shukr, hozir hammasi o‘z joyida. Topish-tutishim yaxshi, nolimayman.

    Begona yurtlarda orttirgan pulimni o‘z yurtimda topolmaymanmi? Albatta, yaxshilab harakat qilsam, O‘zbekistonda ham shuncha daromad qila olishimga ishonaman.

    Biroq Vatanga qaytmasligim sababi pul bilan bog‘liq emas. Chunki hozir hamma narsam: uy-joy, mashina, eng muhimi, sevimli oilam bor. Nazarimda, men sarguzashtparast bo‘lsam kerak, sababi bir joyda ko‘p vaqt tura olmayman, doim yangiliklarga oshiqaman. Balki, shuning uchun muhojirlikda yurgandirman, bilmayman. Agar bugun O‘zbekistonga qaytish istagi paydo bo‘lsa, ertagayoq uyda bo‘laman.

    Loyihada ishtirok etishni istagan muhojir yurtdoshlarimiz Telegram’dagi  @daryo_muxbiri ’ga murojaat qilishlari mumkin. 

    Mavzuga doir:

    • “Hech bir ayolga musofirning hayotini ravo ko‘rmayman”. Erining operatsiyasi va qizlarining o‘qishiga pul topish uchun Turkiyaga ishlashga ketgan muhojir ayol hikoyasi
    • “Bitta mashina olsam bo‘ldi, bu yerlarga qaytib kelmayman”. Rossiyada qurilishda ishlayotgan oliy ma’lumotli o‘zbekistonlik muhojir hikoyasi
    • “Men ham ibodatlarimni qilib, uyda o‘tirgim keladi, ammo bu pulni o‘zimizda topolmayman”. O‘g‘lining qimordagi qarzlarini uzish uchun Moskvada ishlayotgan 56 yoshli ayol hikoyasi
    • “Yelkamdagi mas’uliyat og‘irligidan hatto tushimda ham O‘zbekistonda bo‘lib qolish men uchun qo‘rqinchli”. Moskvada ishlayotgan surxondaryolik yigit hikoyasi
    • “Bolalarimni o‘ksitmaslik uchun qo‘limdan kelganini qilyapman”. Turkiyada ishlab, farzandini Londonda o‘qitayotgan o‘zbekistonlik muhojir ayol hikoyasi

    19.01.2022, 08:11   Izoh (0)   148063
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Noutbukni doimiy zaryadga ulagan holda ishlatish mumkinmi?

    Maslahatlar | 2 iyul, 09:19

    “Isroil G‘azoda 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga rozi bo‘ldi” — Tramp

    Dunyo | 2 iyul, 09:10

    Putin 2022-yildan beri ilk bor Makron bilan telefonda muloqot qildi

    Dunyo | 2 iyul, 08:37

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.