Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

18-yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahridan Urganch shahriga uchayotgan reys majburiy tarzda Toshkentga yo‘naltiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.

Qayd etilishicha, bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Reysdagi barcha 98 nafar yo‘lovchi mehmonxonaga joylashtiriladi. Ushbu yo‘lovchilar 19-yanvar kuni HY-051 reysi bilan Urganchga parvoz qiladi.

Shuningdek, Urganchda bo‘lib turgan ob-havo tufayli HY-054 Urganch—Toshkent reysi bekor qilindi. Ushbu reys yo‘lovchilari 19-yanvar kuni HY-052 reysi bilan Toshkentga parvoz qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 18-yanvar kungi ob-havo prognozini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi