Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Nazarbek QFYda bog‘cha qurilishi lozim bo‘lgan yer tadbirkorga noqonuniy berib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Senat matbuot xizmati

Foto: Senat matbuot xizmati

11-yanvar kuni Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi O.Iminov, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonova bu borada kelib tushgan murojaatni ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi holatni bevosita joyida o‘rgangan. Ushbu masalani hal qilish maqsadida mutasaddilar, mahalla, ichki ishlar organlari, hokimiyat vakillari ham taklif etilgan.

Foto: Senat matbuot xizmati

Foto: Senat matbuot xizmati

Foto: Senat matbuot xizmati

Foto: Senat matbuot xizmati

O‘rganish natijasida sud qarori bo‘lishiga qaramasdan, tadbirkorga berib yuborilgan yerda qurilish ishlari boshlangani aniqlangan. Ushbu qurilish ishlari noqonuniy deb topilib, vaqtincha to‘xtatilgan.

Shuningdek, bu masala tegishli tartibda qayta ko‘rib chiqilishi, ushbu hududda maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, noqonuniy qurilish va yerni o‘zboshimchalik bilan egallash to‘g‘risida Telegram-bot orqali xabar berish imkoni mavjud. Bosh prokuratura tomonidan ishga tushirilgan @YerNazoratBot xizmati orqali fuqarolar o‘zlari yashaydigan hududlarda qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi bo‘lmagan yerlardan foydalanishda qonun buzilishi holatlari to‘g‘risida tezkor xabar berishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda