O'zb
ЎзбЎзбекча
EngEnglish
logo
  • Mahalliy
  • Dunyo
  • Pul
  • Madaniyat
  • Layfstayl
  • Sport
  • Multimedia
  • Kolumnistlar
Menyu
  • Mahalliy
  • Dunyo
  • Pul
  • Madaniyat
  • Layfstayl
  • Sport
  • Multimedia
  • Kolumnistlar
  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42
  • Google play
  • App Store
  • Telegram
  • Toshkentda
    +30°C
    • Andijon
    • Qarshi
    • Buxoro
    • Samarqand
    • Farg‘ona
    • Sirdaryo
    • Jizzax
    • Termiz
    • Namangan
    • Toshkent
    • Navoiy
    • Toshkent vil
    • Nukus
    • Urganch
Bugun,

  • Toshkentda
    +30°C
    • Andijon
    • Qarshi
    • Buxoro
    • Samarqand
    • Farg‘ona
    • Sirdaryo
    • Jizzax
    • Termiz
    • Namangan
    • Toshkent
    • Navoiy
    • Toshkent vil
    • Nukus
    • Urganch
  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42
  • Google play
  • App Store
  • Telegram
  • So‘nggi yangiliklar
  • Mahalliy
    Farg‘onadagi zavodning ustiga benzin sepib, o‘zini yoqib yuborgan ayol xodimi vafot etdi
    Bugun, 10:29
    143
  • Reklama
    Tashkent City’dagi Boulevard turar joy majmuasidan terrasali xonadonlar egasiga aylaning
    Bugun, 09:00
    4089
  • Mahalliy
    Toshkent shahrida yashovchilar eng ko‘p qayerga ko‘chib ketgani ma’lum qilindi?
    Bugun, 10:20
    188
  • Mahalliy
    Samarqandda fermer xo‘jaligi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan xo‘jalik rahbari ushlandi
    Bugun, 10:08
    34
  • Mahalliy
    O‘zbekistonda “Oqila ayollar” harakati tashkil etildi
    Bugun, 09:56
    60
  • Mahalliy
    Rossiyada avtohalokatga uchragan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
    Bugun, 09:43
    969
  • Sport
    Konya—2022. Islom birdamligi o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
    Bugun, 09:35
    1530
  • Salomatlik
    Qanday holatlarda qahva organizm uchun xavfli bo‘lishi mumkin?
    Bugun, 09:31
    1146
  • Mahalliy
    Nukus garnizonida harbiylar o‘rtasida qo‘l jangi musobaqasi o‘tkazildi
    Bugun, 09:20
    1629
  • Mahalliy
    O‘zbekiston elchixonasi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni harbiy batalyonlarga qo‘shilmaslik haqida ogohlantirdi
    Bugun, 09:12
    2045
  • Mahalliy
    Farg‘onada uyida 5 kg nasha va salkam 8 kg ko‘knori saqlab kelgan fuqaro ushlandi
    Bugun, 09:09
    4706
So‘nggi yangiliklarga o‘tish
Kino
10 yanvar, 13:38
38760

“Titanik”dagi eng keksa qahramonni gavdalantirgan Gloriya Styuart yoshligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? (foto)

Jeyms Kemeronning filmida Rouzning keksayganini gavdalantirgan Gloriya Styuart “Oskar”ga va “Oltin globus” mukofotiga Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa sifatida nomzodi qo‘yilgan. Har ikki mukofot ham “Los-Ajeles sirlari” filmidagi roli uchun Kim Beysingerga nasib qilgan, ammo Styuart shunda ham faoliyati e’tirof etilganidan mamnun bo‘lib qolgan.

Foto: “Passion.ru”

“Titanik”da 85 yoshida suratga tushgan aktrisa karyerasining boshida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Gloriya Styuart 1910-yil 4-iyul kuni Santa-Monikada dunyoga kelgan. Uning karyerasi orada uzilishlar bilan 70 yil davom etgan. Bu muddat davomida u teatr, kino va televideniye yulduzi bo‘lishga ulgurgan.

Foto: “Passion.ru”

Foto: “Passion.ru”

Gloriyaning kinosanoatdagi debyuti 22 yilda bo‘lgan. Uning ilk katta loyihasi Universal Studios kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘lgan. Styuart o‘z ishini shunchalik qoyillatganidan WAMPAS Baby Stars reklama kampaniyasining ro‘yxatidagi 13 qizdan biri bo‘lgan.

Foto: “Passion.ru”

Foto: “Passion.ru”

Foto: “Passion.ru”

Gloriya Styuartning karyerasi asta-sekinlik bilan rivojlangan. U “Eski, qari uy”, “Ko‘rinmas odam”, “Ko‘zgu oldidagi bo‘sa” filmlarida ishtirok etib rejissor Jeyms Veylni o‘ziga maftun qilgan. Universal Studios’dagi karyerasida muvaffaqiyatsiz bo‘lganidan keyin u 20th Century Fox bilan shartnoma imzolagan. 1930-yillar Gloriya uchun juda ham samarali kechgan. 1933-yildagina uning ishtirokidagi film premyerasi bo‘lgan. Shu bilan u 10 yil ichida 28 ta kartinada suratga tushgan.

Foto: “Passion.ru”

Bu yillarda Ketrin Xepbern, Joan Krouford, Judit Barret, Frensis Dreyk, Telma Toddlar Gollivudda mashhurlikka erishgan bo‘lgan, Styuart esa iste’dod borasida ham go‘zallik bobida ham ulardan qolishmagan. Uning karyerasiga Ikkinchi jahon urishining ta’siri bo‘lgan. Og‘ir yillar davomida Gloriya deyarli suratga tushmagan. Qolaversa, qizini katta qilishi kerak bo‘lgan. Kun ko‘rish uchun u mebel do‘koniga sotuvchi bo‘lib ishga kirgan.

Foto: “Passion.ru”

Foto: “Passion.ru”

1940-yil o‘rtalarida Gloriya kinoga qaytgan, ammo u karyerasining eng muvaffaqiyatli davridagi singari ko‘p rol ijro qilmagan. Oradan bir necha yil o‘tib esa u suratga olish jarayonlaridan charchaganini ma’lum qilgan. Barcha yangi ssenariylar bilan tanishib chiqib, keskin rad qilganidan keyin bekorga vaqt sarflayotganlarini tushunib yetgan Gollivuddagilar uni tinch qo‘yishga qaror qilgan. Keying 30 yil davomida u kitob yozish, rassomlik bilan shug‘ullangan. U tomonidan chizilgan kartinalar Nyu-York, AQSh va Yevropaning boshqa yirik shaharlarida galereyalardan o‘rin olgan. Kitoblarini esa uning o‘zi chop etgan. Adadi kam bo‘lgan kitoblardan tushgan mablag‘ kundalik xarajatlar uchungina yetgan. Dam olganidan keyin 1975-yilda katta ekranlarga qaytgan aktrisa, 1982-yilda “Mening eng yaxshi yilim”da suratga tushgan. 1997-yilda esa Jeyms Kemeronning “Titanik” filmida rol ijro qilish uchun taklif qilingan. Bir haftalik faoliyati uchun suratga olish maydonchasidagi eng keksa aktrisa 10 ming dollarga ega bo‘lgan. 1998-yilda “Titanik” filmi uchun 11 ta “Oskar” mukofoti berilgan. Gloriya Styuart esa People jurnalining Dunyoning eng maftunkor 50 odamlari ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Foto: “Passion.ru”

Oradan bir yil o‘tib uning “Men faqat umid qilishda davom etaman” nomli avtobiografiyasini taqdim etilgan. Shundan keyin uning sharafiga G‘alaba xiyobonida yulduzcha qo‘yilgan. 2004-yilda Gloriya so‘nggi marta suratga tushgan. 95 yoshida unga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgan. Shunga qaramay, u jiddiy kasallikka e’tibor bermaslikka uringan. Yoshi sabab suratga tushmay qo‘ygan va kamdan-kam hollarda intervyu bergan aktrisaning 100 yillik yubileyida boshqa yulduzlar qatorida Jeyms Kemeron ham ishtirok etgan. U 2010-yil 26-sentabrda nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Mavzuga doir:

  • “Titanik”dagi takrorlangan sahna: Leonardo Di Kaprio muzli ko‘lga takror sho‘ng‘ishiga to‘g‘ri keldi
  • Foto: “Titanik” filmi aktyorlari 24 yil ichida qanchalik o‘zgardi?
  • Haqiqiy kemani o‘rganish uchun suv ostiga sho‘ng‘igan rejissor, ayollar turganda qutqarilishni o‘ziga ep bilmagan qariya. “Titanik” filmi haqida 15 fakt

Biz Telegram’da
Ulashing:
  • Telegram
  • Facebook
  • Twitter
  • Odnoklassniki
Izoh
Kirish

Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent xalqaro aeroportida sumka va kolyaskada qariyb 1,2 kg tilla buyumlarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Bugun, 07:23
3728
Mahalliy
Jizzaxda aliment pulini undirish uchun borgan MIB xodimi pichoqlandi
Bugun, 06:53
4540
Dunyo
Bangladesh talabalari yoqilg‘i narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi
Bugun, 07:08
4628
  • Daryo
    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma'lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
  • REKLAMA
    • Reklama joylashtirish
    • Reklama materiallariga qo’yiladigan texnik talablar
  • Ijtimoiy tarmoqlar
    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube
  • Telegram-kanallar
    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

Yosh bo‘yicha cheklov
Soddalashtirilgan ko‘rinish
Yangilik haqida xabar berish
Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing
© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2022
Nimani qidiramiz?
Izoh qoldirish uchun quyidagi veb-servislardan foydalangan holda avtorizatsiyadan o‘tishingiz lozim:
Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi