Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni “perevod” qilish to‘g‘risida xabar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.
Tarqalgan xabarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nomidan xorijdan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar hech qanday imtihonlarsiz o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishga ruxsat berilishi va ko‘chirish uchun barcha hujjatlar 15-fevralgacha qabul qilinishi bildirilgan.
“Avvalo, bu kabi xabarlar asossiz ekanini ma’lum qilamiz. To‘g‘ri tushunamiz, axborotni birinchi bo‘lib ommaga tezkor yetkazish – davr talabi. Ammo har qanday xabarni emas, balki tekshirilgan, asoslangan ma’lumotlarni e’lon qilish – eng muhim jihat va jurnalistikaning ‘oltin qoida’si ekanini yana bir bor eslatib o‘tamiz!
Shu bilan birga asossiz va yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun qonunlarimizda ma’muriy va jinoiy javobgarlik normalari belgilanganini unutmang”, – deyiladi vazirlik munosabatida.
Izoh (0)