• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Innovatsion dori vositalari va ularning kasallik oqibatlariga ta’siri

    So‘nggi yillarda dunyoda yurak-qon tomir kasalliklaridan (YuQK) kasallanish va o‘lim statistikasi sezilarli darajada oshdi. Miokard infarkti va beqaror stenokardiya kabi klinik sharoitlarni birlashtiruvchi yurak ishemik kasalligining zo‘rayish davri bo‘lgan, o‘tkir koronar sindromdan (O‘KS) har yili AQSh va Yevropada 914 mingga yaqin odam vafot etadi. O‘zbekiston yurak-qon tomir patologiyalaridan o‘lim holatlari bo‘yicha “yetakchi” o‘rinlardan birini egallaydi. Ushbu muammoning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganish maqsadida, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi a’zosi, professor Kurbanov Ravshanbek Davletovich bilan suhbatlashdik.

    Ravshan Kurbanovich nima uchun YuQK bugungi kunda mamlakatimizda o‘limning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi?

    Darhaqiqat, YuQK o‘limga olib keladigan kasalliklar umumiy sonining deyarli 59 foizini tashkil qiladi. Mamlakatimizda bu ko‘rsatkichlar, masalan, Yevropa, Yaponiya, AQSh va Qozog‘istondagidan yuqori hisoblanadi. Men o‘ylaymanki, bu muammo nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ham ega. Sababi ushbu ko‘rsatkichlar YuQK bilan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish darajasiga, tibbiyot muassasalaridagi jihozlarga, kasallikka o‘z vaqtida tashxis qo‘yilishiga va boshqalarga bog‘liq.

    Ilgari tibbiy muolajalarni, xususan, teri osti koronar aralashuvi (TKA), shuntlash, angioplastika kabi muolajalarni faqat kardiologiya markazlarida olish mumkin edi. Oxirgi yillarda prezident farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekistonning har bir shahridagi O‘KS bilan kasallangan barcha bemorlarning eng yaqin shifoxonada trombolizdan o‘tishi mumkin bo‘lgan dastur tayyorladik. Biz uchun bu yutuq va ushbu kasallikka qarshi kurashda terapiyani rivojlantirish yo‘lidagi salmoqli qadamdir. Ishonchimiz komilki, yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordamning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi, albatta, o‘z samarasini beradi. Ammo undan foydalanishi mumkin bo‘lgan bemorlarni qamrab olish darajasini oshirish zarur. Misol uchun, trombolizga muhtoj bo‘lgan bemorlarning atigi 25 foizi davolangan, angioplastika va shuntlashga muhtoj bo‘lgan aholining ulushi esa atigi 53 foizini tashkil qiladi.

    Biz bu ko‘rsatkichlarni oshirish ustida ishlayapmiz. Markazlar va mutaxassislar soni sezilarli darajada, xususan, so‘nggi yillarda deyarli 10 baravarga ortdi, ammo YuQS bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash uchun bemorlar va mutaxassislar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish ham dolzarb masala hisoblanadi. Masalan, poliklinikada o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, keyin esa kardiologiya markaziga yoki zaruratga qarab, angiologlarga yuborish.

    O‘KSni oldini olish choralari mavjudmi?

    Kasallikning oldini olishning 3 ta yondashuvi mavjud.

    Birinchisi, hammaga ma’lum yoki populyatsion usullar. Masalan, STT, piyoda yurish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, ratsional ovqatlanish, optimal vaznni nazorat qilish, tamaki chekish va boshqa zararli odatlardan voz kechish.

    Oldini olishning ikkinchi chorasi bu — O‘KS, yurak xuruji va insult ko‘rinishidagi asoratlarning oldini olish uchun xavf omillarini aniqlash va ularga qarshi kurashish. Misol uchun, xolesterinning yuqori darajasi, diabet, semizlik bilan kasallangan bemorlar va chekuvchilarda YuQK rivojlanish xavfi yuqori. Shuning uchun ularni o‘z sog‘lig‘iga alohida e’tibor berishga ishontirish kerak.

    Uchinchi yondashuv — nogironlik rivojlanishi yoki o‘lim bilan yakunlanadigan kasallikning oldini olish bo‘yicha tashxis qo‘yilgan bemorlarni zamonaviy usullarga muvofiq davolash.

    Jismoniy faollik — umumiy tavsiya. Ammo jismoniy faollik bemorning yoshi va sog‘lig‘ini hisobga olgan holda dozalanishi kerak.

    Bemorlarning tavsiyalarga qanday rioya qilishi haqida gapiradigan bo‘lsak, ular terapiyaga qanchalik sadoqatli va shifokor tavsiyalariga qanday amal qilishadi?

    Bu juda katta muammo. Bemor jiddiy kasallikdan, masalan, shish va nafas qisilishidan aziyat cheksa ham, u oyoqqa turishi va odatdagi holatiga qaytishi bilan darhol terapiyani to‘xtata boshlaydi. Bu, albatta, davolanish butun kursining umumiy natijasiga, kasallikning yakuniy natijasiga, shuningdek, uning qaytalanishiga ta’sir qiladi.

    Yaqinda Sanofi O‘zbekiston bozorida Klopidogrel va Asetilsalitsil kislotasining fiksatsion birikmasi bo‘lgan innovatsion dori vositasini taqdim etdi. Dori vositasining samaradorligi haqida qanday fikrdasiz?

    Bu yurak-qon tomir kasalliklari terapiyasida muhim hodisadir: ko‘plab bemorlarimiz antiagregantlarga muhtojligi sir emas. Ularga stenokardiyadan aziyat chekuvchi, miokard infarktini boshidan o‘tkazgan, teri koronar aralashuvi va angioplastikani o‘z boshidan o‘tkazgan insonlar kiradi. Avvallari antiagregant sifatida ular aspirin qabul qilishgan. 2010-yilgacha Klopidrogel va antiagregantlar alohida qabul qilingan. 2010-yildan boshlab, bemorlar majburiy ravishda ikki martalik antiagregant terapiyaga amal qilishlari lozim bo‘lgan. Odatda aspirin bilan Klopidrogel yoki aspirin bilan Tikagrelor qabul qilinadi. Bu kombinatsiyalar majburiy hisoblanadi. Har bir kombinatsiya o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega.

    Ushbu preparatning afzalligi shundan iboratki, bir dona tabletka tarkibida ikki xil dori vositasi mavjud. Bu yerda davolanishning komplayentligi yaxshi. Bemorlarga 5-6 tadan dori vositasi yozib berilganda, komplayentlik pasayadi. Agarda terapiyada ko‘pi bilan 3 xil dori yozilsa, komplayentlik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham, mening fikrimcha, bu anchagina samarali va xavfsiz kombinatsiya bo‘lib, bemorlarning sifatli davolanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda terapiyaning komplayentligini oshirishga yordam beradi.

    Yurak-qon tomir kasalliklarining miqyosi o‘sish sharoitida kasalliklar profilaktikasiga alohida e’tibor qaratish juda muhim, ya’ni aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda muntazam profilaktik ko‘riklardan o‘tkazish, shuningdek, ham bemorlar, ham shifokorlar bilan ish olib borish barobarida samarali diagnostika va davolanishga moyillikni ta’minlash mumkin.

    Reklama huquqi asosida.

    07.01.2022, 12:00   Izoh (0)   41988
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    FMO va “Ipak yo‘li” banki O‘zbekistonda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln AQSh dollarlik kredit shartnomasini imzoladi

    07.01.2022, 09:00

    OLX’da yil yakunlari: ko‘p sotilgan mahsulotlar ro‘yxati

    05.01.2022, 12:00

    Carrefour O‘zbekistonda o‘zining beshinchi do‘konini ishga tushirdi

    03.01.2022, 15:00

    Prestige Gardens’dan “Fortuna 22” aksiyasi

    03.01.2022, 12:00

    Og‘riqqa chidashning hojati yo‘q — Acıbadem’ning yetakchi ortopedidan maslahatlar

    03.01.2022, 09:00

    Central Park’da Pepsi bilan birgalikda o‘tkazilayotgan New Year Fest avjiga chiqmoqda

    02.01.2022, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Norvegiyada besh kun oziq-ovqatsiz muzlikda qolib ketgan amerikalik eko-jurnalist qutqarildi

    Dunyo | 9 avgust, 11:55

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ehtimoliy raqibi kim bo‘lishini aytdi

    Sport | 9 avgust, 11:25

    Grenada Buyuk Britaniya qiroliga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi

    Dunyo | 9 avgust, 11:20

    “Qizil iplar”: ijtimoiy tarmoqlarni “portlatgan” yana bir koreys doramasi haqida

    Kino | 9 avgust, 11:00

    Keniyada avtohalokatda 25 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 9 avgust, 10:40

    O‘zbekistonda va Rossiyada xalqaro terrorchilik tashkilotining “g‘oyabozlari” qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 10:25

    “Tottenhem” Rafael Leau uchun 100 mln yevro to‘laydi

    Sport | 9 avgust, 10:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.