Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali 2026-yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, kambag‘allikni qisqartirish davlat dasturlarini ishlab chiqib, amalga oshirilish maqsad qilingan.

Norasmiy ishlayotgan 2,5 million nafar fuqaroning bandligini legallashtirishga yordam berish orqali ularda ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan to‘liq foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 marta kamaytirish, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish ko‘zda tutilgan. Ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini 3 baravar oshirish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishda mahalliy darajada (“mahallabay” tamoyili asosida) ijtimoiy ishlarni olib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yiladi.

Hududlar, shaharlar va tumanlar kesimida kambag‘al toifadagi oilalar, ayollar va yoshlarni yagona elektron hisobga olish tizimini yaratish, kambag‘allikning qayta tiklanish xavfini bartaraf etish choralari ko‘riladi. Hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha ehtiyojmand aholining kamida 85 foizi ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olinadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va aholi qatlamlariga, shuningdek, vaqtinchalik og‘ir sharoitga tushib qolgan fuqarolarga to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat ijtimoiy yordamini ko‘rsatish belgilangan.

Xalqaro standartlarga asosan aholiga ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tamoyillari va me’yorlarini o‘zida mujassam etuvchi Ijtimoiy kodeksni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravarigacha oshirish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil boshida mamlakatda kambag‘allik darajasi 12—15 foiz atrofida ekanini aytgandi. “Gap 4-5 million aholi vakillari haqida ketyapti. Bu — juda katta raqam”, — degan edi davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi