So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12183.01
    • RUB 126.26
    • EUR 12865.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Shavkat Mirziyoyev: 4—5 million aholimiz kambag‘al, ularning kunlik daromadi 10—13 ming so‘mdan oshmayapti

    27.02.2020, 21:13 34940

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-fevral, payshanba kuni, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, kambag‘allik O‘zbekistonda ko‘p yillar “yopiq mavzu” bo‘lib keldi. 2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomada davlat rahbari bu haqda ochiq-oydin gapirdi va tarixda birinchi marta kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi

    Videoselektor yig‘ilishida shu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
    Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12—15 foiz yoki 4—5 million aholimiz kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10—13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo‘layapti, degan savol har kuni qiynaydi.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2020-yil 18-fevraldagi farmoni hamda qaroriga muvofiq, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika darajasida tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni kamaytirishga mas’ul lavozimlar joriy qilinib, vertikal tizim yaratildi.

    Shuningdek, bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hamda hukumatda alohida kotibiyat tashkil etildi.

    Mavzuga doir: Jamshid Qo‘chqorov bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi

    “Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak”, — dedi davlat rahbari.

    Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan kambag‘allikka qarshi kurashishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

    Qayd etilishicha, xalq farovonligini oshirish maqsadida “Har bir oila — tadbirkor”, “Yoshlar — kelajagimiz”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, tomorqani rivojlantirish kabi dasturlar qabul qilindi. O‘tgan ikki yil davomida birgina oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida budjetdan qariyb 10 trillion so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina lageridagi rus harbiy asirlariga qanday taomlar beriladi?

    Bugun, 22:40

    NRG kompaniyasi Andijonda yangi loyihani ishga tushurmoqda

    Bugun, 21:27
    Reklama

    “Jahon savdo tashkilotiga aʼzolikning iqtisodiy jihatlarini muhokama qilish doim qiyin kechgan” — professor Piter Van Den Bosh O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish y...

    Bugun, 22:25

    Instagram: Farzand kutayotgan Yulduz Turdiyeva, Shahzod Sultonovning Feruza Normatovaga syurprizi, ona bo‘lgan Nigina Anorboyeva

    Bugun, 22:15

    Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga oid tergovni yakunladi

    Bugun, 21:55

    Saida Mirziyoyeva jabrlanganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi

    Bugun, 21:32

    Ispaniya sudi Nazarboyevlar mulkining bir qismini davlatga qaytarishni buyurdi

    Bugun, 21:21

    Superliga. “Paxtakor” “OKMK” bilan durang o‘ynadi, “Nasaf” “Olimpik”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi, “Navbahor” “Turon” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi

    Bugun, 21:09

    Avstraliyada selfi tushayotgan qiz 50 metrlik qoyadan tushib ketdi

    Bugun, 20:25

    AQSHda 28 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Bugun, 20:10

    Sergelidagi portlashda zararlangan tovarlarga bojxona to‘lovi undiriladimi?

    Bugun, 19:52

    Tavsiya etamiz

    Sergelidagi portlash: 15 yoshli bola vafot etdi, minglab xonadonlar zararlandi (foto, video)

    18:00 / 28.09.2023

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    23:00 / 27.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchi suddagi ko‘rsatmasini 65 nafar bolaning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshladi. Bu holat sudda ilgari kuzatilmagandi

    15:00 / 27.09.2023

    “Faqat bitta taklif tushgan” — mas’ullar “Antistrumin” dori vositasi xaridi bo‘yicha izoh berdi

    14:00 / 27.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

    14:00 / 27.09.2023

    Instagram: O‘g‘lini uylantirgan Ulug‘bek Otajonov, Sherali Jo‘rayev haqqiga duo qilgan Botir Qodirov, turkiyalik oshpazga Mercedes sovg‘a qilgan o‘zbekistonlik

    22:00 / 27.09.2023

    Shimoliy Koreyaga qochib ketgan amerikalik harbiy taqdiri ma’lum qilindi 

    20:00 / 27.09.2023

    Rayhonning “Humo Arena”dagi konserti qoldirildi. Tashkilotchilar chiptalar sust sotilgani tufayli uni bekor qilishga majbur bo‘lganini aytmoqda 

    11:00 / 27.09.2023

    Farhod Mannopov vafoti yuzasidan ikki kishiga ayb e’lon qilindi

    17:00 / 27.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.