Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Bekobod shahri hokimligi bosh mutaxassisini yer maydonini noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtda qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Aniqlanishicha, hokimlik vakili o‘zganing ishonchiga kirib, muqaddam bir necha bor sudlangan qarindoshi bilan birgalikda unga shahar hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilishida va maktabgacha ta’lim muassasasi binosini xususiylashtirib olishda yordam berishni va’da qilgan.
Shundan so‘ng undan noqonuniy ravishda 128 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
- Pora bilan qo‘lga tushgan “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” sobiq bosh direktori 8 yilga qamaldi
- Karmana tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri ishdan olindi. U 60 ming so‘mlik kitoblarni 483 mingdan sotishga uringani aytilmoqda
- Samarqandda tadbirkordan 2000 dollar pora olgan xalq ta’lim bo‘limi mutaxassisi ushlandi